O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Ma`lumotlar bazasi fani
10- AMALIY ISH
Guruh: M210-22
Bajardi: Rahmatullayev Samandar
Tekshirdi: Kuvnakov Avaz Ergashevich
Toshkent-2023
10-MAVZU AGRЕGAT FUNKSIYALARDAN FOYDALANISH
Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasida MIN(),
MAX(), AVG(), SUM(), COUNT() agregat funksiyalaridan foydalanish
ko’nikmasini xosil qilish.
Masalani qo‘yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi
shakllantirilgandan so‘ng obyektlardagi ma’lumotlarni guruhli
agregat
funktsiyalar orqali ishlash.
Uslubiy ko`rsatmalar:
Guruxli (agregat) funksiyalar. Agregat (yoki
yig’uvchi) funksiyalar sonli yoki hisoblanuvchi ustunlar bilan ishlaydi.
Guruhli funksiyalar jadvaldan yig`ilgan axborotlarni olish uchun xizmat qiladi.
Bu funksiyalari jadvaldagi satrlar
guruhi bilan amal bajarib, 1 ta natija chiqaradi.
Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bitta qiymat
qaytaradi.
SELECT so‘rovida guruhli funksiyalar maydon nomlari kabi ishlatiladi.
Maydon nomlari funksiyalar argumentlari sifatida keladi.
Agregat funktsiyalar:
• SUM()– Ustundagi hamma qiymatlar summasini hisoblaydi.
• AVG()–Berilgan ustundagi hamma qiymatlarning o‘rta qiymatini
(arifmetigini) hisoblaydi.
• MIN()– Ustundagi hamma qiymatlarni ko’rib chiqadi va eng
kichigini aniqlaydi.
• MAX()– Ustundagi hamma qiymatlarni ko’rib chiqadi va eng
kattasini aniqlaydi.
• COUNT()– Ustundagi qiymatlar sonini sanaydi.
• COUNT(*)– So‘rov natijalari
jadvalidagi qatorlar sonini
hisoblaydi.
Agregatlash argumenti bo‘lib ustun nomidan tashqari
ixtiyoriy
matematik ifoda xizmat qilishi mumkin.
SQL tilida matematik funksiyalaridan quyidagilar ishlatiladi:
ABS (son) – sonning absolyut qiymatini hisoblaydi;
ISNUMERIC (ifoda) – ifodaning sonli
turga mansubligini aniqlaydi;
SING (son) – sonning ishorasini aniqlaydi;
RAND (butun son) – 0 va 1 oralig‘ida verguli siljiydigan favqulotdagi sonni
hisoblaydi;
ROUND(son, aniqlik) – ko‘rsatilgan aniqlikda sonni yaxlitlaydi.
POWER(son, daraja) – sonni ko‘rsatilgan darajaga ko‘taradi;
SORT(son) – sondan kvadrat ildiz chiqaradi;
SIN(burchak) – radianlarda ifodalangan burchak sinusini hisoblaydi;
COS(burchak) – radianlarda ifodalangan burchak kosinusini hisoblaydi;
EXP(son) – sonnining eksponentasini hisoblaydi;
LOG(son) – sonning natural logarifmini hisoblaydi;
Qatorlar bilan ishlash funksiyalari:
LEN(qator) – qatordagi belgilar
sonini hisoblaydi;
LTRIM(qator) – qator boshidagi bo‘sh joylar (probel)larni o‘chiradi;
RTLIM(qator) - qator oxiridagi bo‘sh joylar (probel)larni o‘chiradi;
LEFT(qator,miqdor) – qatorning chap tomonidan, ko‘rsatilgan miqdordagi
belgilarni qaytaradi;
RIGHT(qator, miqdor) - qatorning o‘ng tomonidan, ko‘rsatilgan miqdordagi
belgilarni qaytaradi;
LOWER(qator) – ko‘rsatilgan qator belgilarini kichik harflarga o‘tkazadi;
UPPER(qator) – ko‘rsatilgan qator belgilarini katta harflarga o‘tkazadi;
STR(son) – son qiymatini belgi formatiga konvertirlashni amalga oshiradi;
SUBSTRING(qator,indeks, uzunlik) – qator uchun ko‘rsatilgan uzunlikdagi
qator qismini, aniqlashtirilgan indeksdan boshlab qaytaradi.