• radioaktivlik
  • Mavzu : Atom tuzilishi va uni xususiyatlari. Elementar zarrachalar va yadro fizikasi elementlari




    Download 96,5 Kb.
    bet5/7
    Sana07.12.2023
    Hajmi96,5 Kb.
    #112961
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ABDULLAYEVA DILNOZAXON FIZIKA

    Mavzu : Atom tuzilishi va uni xususiyatlari. Elementar zarrachalar va yadro fizikasi elementlari.
    Fanda uzoq muddat davomida atom bo’linmas zarracha deb tushunib kelingan, ya‘ni atomda boshqa elementar zarrachalar yo’k deyiladi. Undan tashqari atomlar o’zgarmas, ya‘ni bir atom boshqa atomga aylanmaydi deyilar edi.
    Ammo XIX asrning oxirlariga kelib atom murakkab tuzilishga egaligi va bir atom boshqa atomga aylanishi mumkinligi isbot qilindi.
    Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma‘lumotlari 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo’lishi xodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar qovsharlangan shisha nayda havo surib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Ular elektr maydoni da to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirib, musbat qutb tomonga og’adi ( II.I - rasm). Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu oqim elektronlar oqimidan iborat.
    Elektronlar hamma elementlardan ajralishi, metallarda elektr oqimini tashkil qilishi, alangada mavjudligi, ko’pgina moddalar qizdirilganda chiqishi, rentgen nurlanishida chiqishi isbotlangan. Bu yerdan shunday xulosa chiqadiki, elektronlar atomlar tarkibiga kiradi. U manfiy zaryadga ega. Atom esa elektrneytral zarrachadir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, atomda yana musbat zaryadlangan zarracha ham bo’lishi kerak. Shunday qilib atom bu murakkab zarracha bo’lib, unda yanada kichik zarrachalar mavjuddir. Atomning murakkab zarrachaligini isbotlashda radioaktivlik xodisasi juda qo’l kelgan.
    Atom tuzilishi haqidagi ta‘limotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bog’liq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko’zga ko’rinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora kog’ozga o’ralgan fotografiya plastinkasiga ta‘sir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri – Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element – radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega.
    Atom yunoncha so’z bo’lib «bo’linmas» ma‘nosini anglatadi. Miloddan V asr oldin yashagan materialist olimlar Levkipp va uning shogirdi Demokrit barcha moddalar ko’zga ko’rinmaydigan darajada mayda zarrachalardan – atom (bo’linmas zarracha) lardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Lekin atomning murakkab sistema ekanligini M.G.Pavlov 1819 yildayok aytib o’tgan edi. XIX asrning 80 – yillarida B.N. Chicherin atom xuddi «Quyosh» sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb ta‘riflagan edi. A.M.Butlerov 1886 yilda «atomlar bizga ma‘lum kimyoviy jarayonlarda bo’linmas bulib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bo’linishi kerak» degan edi. 1896 yilda Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904 yilda J. Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar – elektronlar o’rab turadi degan fikrni aytdi.

    Download 96,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 96,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Atom tuzilishi va uni xususiyatlari. Elementar zarrachalar va yadro fizikasi elementlari

    Download 96,5 Kb.