|
Guruh talabasi: abdullayeva dilnozaxonning
|
bet | 3/7 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 96,5 Kb. | | #112961 |
Bog'liq ABDULLAYEVA DILNOZAXON FIZIKAElektromagnit maydon — elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.
Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.
Elektromagnit induksiya — magnit maydonida harakatlanuvchi oʻtkazgichda yoki berk kontur oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi magnit induksiya oqimi o'zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo'lish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1833). Elektromagnit induksiyaning xususiy holi oʻzaro induksiya va oʻzinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi.
O’tkazgichning magnit induksiya oqimini kesib o’tishi yoki yopiq kontur qamragan magnit induksiya oqimining o’zgarishi hisobiga o’tkazgich yoki konturda EYuKning hosil bo’lishi elektromagnit induksiya hodisasi deyiladi Konturda hosil bo’ladigan tok induksion tok deb ataladi. Induksion tokning asosiy xususiyatlari: 1. Induksion tok doimo kontur bilan bog’langan magnit induksiyasi oqimi o’zgargan holda hosil bo’ladi. 2. Induksion tokning kuchi magnit induksiyasi oqimi o’zgarishining usuliga bog’liq bo’lmay, magnit oqimining o’zgarish tezligiga bog’liqdir.
Faradey qonuni (1831y.) Induksion toklarning hosil bo’lishi zanjirda elektromagnit induksiya elektr yurituvchi kuchi deb ataladigan elektr yurituvchi kuch borligidan dalolat beradi. XBT da magnit induksiya oqimi birligi veber hisoblanadi: 1Vb = Тl∙м2 . Induksiya oqimi 1Vb/s ga teng tezlik bilan o’zfarganda konturda 1 V ga teng EYuK induksiyalanadi. Lens qoidasi (1833 y.) Lens qoidasi: yopiq konturda magnit oqimining o’zgarishi hisobiga induksion tokning hosil bo’lishida paydo bo’ladigan magnit maydoni induksion tokni qo’zg’atadigan maydon o’zgarishiga qarshilik qiladi. Lens qoidasi yopiq konturda induksion tokning yo’nalishini aniqlashga imkon beradi. Lens qoidasining qo’llanilishi: 1. В tashqi magnit maydonning magnit induksiyasi chiziqlari yo’nalishini aniqlashda; 2. Magnit induksiyasi oqimining kontur yuzasidan o’tganda ko’payishi (ΔФ>0) yoki kamayishini (ΔФ0 bo’lgan holda В chiziqlariga qarama-qarshi.
|
| |