• Microsoft Word
  • Microsoft Excel
  • Amaliy mashg‘ulot ishi № 28




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/14
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #258557
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    5 dedline

     
    Amaliy mashg‘ulot ishi № 28.
     
    Ms offis amaliy dasturiy paketlarining tarkibi va imkoniyatlarini o‘rganish. 
    Amaliy mashg’ulot ishining maqsadi: 
    Ms offis amaliy dasturiy paketlarining tarkibi va 
    imkoniyatlarini o‘rganish. 
    Nazariy qism 
    Soft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows 
    Phone, Android, Mac OS, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari 
    toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, maʼlumotlar 
    ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarni oʻz ichiga 
    oladi. Shuningdek VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qoʻllay oladi. 
    Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni 
    taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan 
    foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni 
    tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini 
    oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, 
    kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, 
    qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft 
    korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va 
    operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, 
    foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE 
    dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan. 
    Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar 
    toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi 
    ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga 
    moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, 
    lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi 
    versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-
    2002, Windows NT, Windows XP va hokazo. 


    12 
    Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, 
    Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini 
    shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan 
    boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda 
    kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy 
    boʻlishi lozim. 
    Office tarkibi 
    Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va 
    narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar 
    kiradi: 
    Microsoft Word
    — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga 
    moʻljallangan matn muharriri. 
    Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, 
    NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va 
    AbiWord. 
    Microsoft Excel
    — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga 
    moʻljallangan elektron jadvalli dastur. 
    Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, 
    Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida). 

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish