• Nazariy qism
  •   Amaliy mashg‘ulot ishi № 29




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/14
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #258557
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    5 dedline

     


    15 
    Amaliy mashg‘ulot ishi № 29.
     
    Publisher amaliy dasturiy paketi bilan ishlash. 
    Amaliy mashg’ulot ishining maqsadi: 
    Publisher amaliy dasturiy paketi bilan ishlash. 
     
    Nazariy qism 
    Microsoft Office Publisher dasturi nashrdan yoki bosmadan chiqarish uchun turli 
    ko’rinishdagi e’lonlar, bukletlar, taqvimlar, konvertlar, taklifnomalar va h.o. larni elektron 
    shaklda tayyorlash dasturiy mahsuli hisoblanadi. Publisher Microsoft korporatsiyasining 
    Microsoft Office amaliy dasturlar jamlanmasi tarkibida joylashgan bo’lib, OFFICE 
    dasturlar to’plamidagi MsWord, MsExcel, Ms PowerPoint dasturlar bilan birga o’rnatiladi. 
    Dasturninng asosiy qulayliklaridan biri bu foydalanuvchining hujjat tayyorlash jarayonida 
    keng ko’lamdagi, turli shakl va ko’rinishdagi oldindan tayyorlangan hujjat namunalarini 
    ko’rsatish mumkin. Ms Publisher dasturida ishlash jarayonida foydalanuvchi o’zining 
    ehtiyojlaridan kelib-chiqib boshidan mustaqil hujjat ustida ish olib borishi bilan bir 
    qatorda dastur tarkibida mavjud shablon va maketlardan ixtiyoriy vaqtda foydalanish 
    imkoniyati taqdim etiladi. Ms Offise dasturlar to’plamining qolgan dasturlari kabi 
    Publisherda ham hujjatni habar shaklida kompyute tarmog’i orqali jo’natish yoki web-
    sahifa shaklida tayyorlash mumkin. 
     
    Dunyoga mashhur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun 
    ko‘pgina dasturlar va operatsion tizimlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqda. 
    Jumladan, foydalanuvchilarning kompyutyerdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish 
    uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqargan. 
    Ko‘pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar 
    to‘plamini chalkashtiradilar. To‘g‘ri bu ikkala dasturlarni ham Microsoft firmasi ishlab 


    16 
    chiqqan va ular asosan shaxsiy IBM kompyuterlariga mo‘ljallangan. Lekin Windows 
    operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to‘plami bitta narsa emas. Windows operatsion 
    tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows 
    dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: 
    Windows -3X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, va Windows 
    XP. 
    Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud: 
    Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000 va Office-2002 va OfficeXR. 
    Hozirgi kunda ko‘pgina foydalanuvchilar Office-97 yoki Office-2000 dasturlar 
    paketidan foydalanishyapti. Bu ikkala versiyadagi dasturlar bir-biridan deyarli farq 
    qilmaydi. Faqat Office-2000 ning imkoniyati ko‘proq. Shuning uchun Office-2000 
    dasturlar paketi haqida fikr yuritamiz. 
    Office-2000 dasturlar paketini shaxsiy kompyutyerga o‘rnatish uchun avvalom bor 
    kompyutyerda Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ 
    xotirasi kamida 8-16 Mbt bo‘lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbtdan – 700 Mbtgacha 
    (Office dan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim. 
    Office-2000 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi: 
    MS WORD – har xil ko‘rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni tahrir qilishga 
    mo‘ljallangan matn muharriri; 
    MS EXCEL – har xil ko‘rinishdagi, tez almashadigan, o‘zgaradigan hisob-kitob 
    ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan elektron jadvalli dastur; 


    17 
    MS POWER POINT - ma’lumotlarni taqdimo (prezentatsiya), reklama qilishga 
    mo‘ljallangan taqdimot dasturi; 
    MS ACCESS – ma’lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga mo‘ljallangan dastur; 
    MS PUBLISHER – har xil tipdagi nashirlik ishlarini bajarishga mo‘ljallangan muharrir 
    dastur; 
    MS OUNLOOK - elektron pochtadan foydalanishga mo‘ljallangan dastur va hokazo. 
    Office dasturlar paketini o‘rnatishda yuqorida ko‘rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, 
    ya’ni keraklisini o‘rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin. 
    Masalan, sizning kompyuteringiz Internetga ulangan bo‘lmasa Ms Outlook ni 
    o‘rnatishingiz shart emas yoki rangli, lazerli printeringiz bo‘lmasa Ms Publisher ni ham 
    o‘rnatish shart emas va hokazo bu dasturlar keyinchalik sizga kerak bo‘lib qolganida 
    bemalol Office tarkibini yangilab bu dasturlarni o‘rnatib olishingiz mumkin. 
    Agar siz Internetga ulangan bo‘lsangiz Office dasturlar paketini Internet orqali 
    yangilab (“update” qilib) turishingiz, Office ni kompyuteringizga o‘rnatgandan so‘ng 
    bemalol matnlarni tahrir qilish, ma’lumotlar bazasida ishlash, hisob-kitobli jadvallarni 
    tahrir qilish va hokazo ishlarni qilishingiz mumkin. 

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish