• Amaliy mashg‘ulot ishi № 30. Power point dasturida taqdimot va animatsiyalar bilan ishlash Amaliy mashg’ulot ishining maqsadi
  • Nazariy qism
  • Microsoft Access qanday dastur?




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/14
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #258557
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    5 dedline

    Microsoft Access qanday dastur?
    Microsoft Access, ma'lumotlar omborini 
    yaratish, boshqarish va soʻrov tuzish uchun moʻljallangan relational ma'lumotlar 
    ombori dasturidir. U, ma'lumotlar bazasini oʻrganish va boshqarishni osonlashtiradi, 
    tahlillash uchun soʻrovlarni yaratish, shablonlar yaratish va boshqarish, shuningdek, 
    ma'lumotlarni import qilish va export qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Access, 
    korporativ ilovalar, ma'lumotlar omborlari va tizimlarini yaratish va boshqarish 
    uchun juda qulay dastur hisoblanadi. 


    19 
    Amaliy mashg‘ulot ishi № 30.
     
    Power point dasturida taqdimot va animatsiyalar bilan ishlash
    Amaliy mashg’ulot ishining maqsadi: 
    Power point dasturida taqdimot va animatsiyalar 
    bilan ishlash 
    Nazariy qism 
    Faraz qiling, Siz odamlar bilan to'la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o'zingizning 
    yangi fikrlaringizni bo'lg'usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. 
    Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dastur har xil 
    video-klip va animatsiyalardan foydalanib taqdimot yaratish orqali, o'z fikringizni 
    tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi. 
    Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. 
    Reklamalarning har xil ko'rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga 
    ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo'yicha eng 
    kuchli vositaga aylandi. 
    Reklama namoyishini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va 
    ma’suliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), 
    qisqa matnlardan iborat senariyni o'ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-
    filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office 
    ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, 
    animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi. 
    Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, 
    konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda o'quv jarayonida namoyishlardan 
    foydalanish oddiy holga aylandi. 
    Namoyish - bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va 
    ularni ko'rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to'plamdan 
    iborat bo'lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo'lishi ham 
    mumkin. 
    Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo'lib, unda sarlavha, matn, grafik, 
    diagramma va boshqa ma’lumotlar joylashgan bo'lishi mumkin. MS Power 
    Point yordamida yaratilgan slaydlarni printer yordamida chop etish yoki maxsus 
    agentliklarda 35-millimetrli fotoplyonkalarga o'tkazib olish mumkin. 
    Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko'rsatishda ularni samaradorligini 
    oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig'indisidan iborat. 
    Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to'rt yoki oltitadan qilib 
    chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyoriangan materialga aytiladi. 
    Slaydlarga MS Power Point 2010da mavjud bo'lgan ma’ruza mavzusiga mos fon tasviri 
    uchun mo'ljallangan Dizayn mavzusi yoki ranglar jilosi o'rnatish orqali taqdimotni boytish 
    mumkin. 
    Yaratilgan taqdimotni MS Power Point 2010 va undan avvalgi laxjalarida ochish va 
    tahrirlash imkonini beruvchi - .pptx (.ppt), MS Power Point 2010 dasturisiz ishlay 
    oladigan Demonstratsiya Power Point - .ppsx (.pps), chop etilgan hujjat shaklida 
    - .pdf, shuningdek har bir sahifasini rasm shaklida - .jpeg, .gif va .tiff hamda video fayl 


    20 
    shaklida - .WMV formatlarida saqlash imkonini beradi. 
    2. MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010 oynasi 
    ko'rinishi oddiy va sodda bo'lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak 
    bo'ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to'qqiz guruhga 
    bo'lingan vkladkalar mavjud bo'lib, ularda: 
    Fayl - fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish 
    Glavnaya - slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va 
    almashtirish 
    Vstavka - slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va 
    multimediyalar joylash 
    Dizayn - slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash 
    Perexodi - bir slayddan boshqasiga o'tish, slaydni ko'rsatish vaqti va tovush o'rnatish 
    hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish
    Animatsiya - slayd o'byektlariga harakat, qo'shimcha harakat, slaydni ko'rsatish vaqtini 
    o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish 
    Pokaz slaydov - taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni 
    sozlash 
    Retsenzirovanie - to'g'ri yozilganligini tekshirish, mtn yozilgan tilni o'zgartirish va izohlar 
    o'rnatish 
    Vid - taqdimotni ko'rish rejimini o'zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash va boshqa 
    amallarni bajarish buyruqlari jamlangan. MS Power Point oynasining ish sohasida 
    yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga 
    eslatmalar joylashtirish (zametki кslaydu) darchasi, tasmasida Glavnaya deb atalgan 
    vkladkaga o'rnatilgan vosita(instrument)lar panellari nomlari va elementlari, quyi o'ng 
    tarafida slaydlar bilan ishlash rejimlari va slayd masshtabi, chap tarafida barcha yaratilgan 
    slaydlarning kichraytirilgan shakli ko'rinib turadi. 


    21 
    MS Power Point 2010 oynasidagi Fayl vkladkasini tanlash orqali, yaratgan 
    taqdimotingiz faylini boshqaruv elementlari yordamida namoyish uchun tayyorlashingiz m
    umkin. Bundan tashqari taqdimotdan foydalanishi imkoniyatini cheklash va uni 
    himoyalashni amalga oshirish mumkin. Agar taqdimotga multimediya, ya’ni audio- va 
    video- fayllari O’matilgan bo’lsa, u holda ularni zichlashtirgan holda saqlash orqali disk 
    hotirasini tejash imkoniyatidan foydalanish mumkin. 
    Yangi taqdimot yaratish va uni saqlash, boshqa taqdimotni ochish, tarqatma materiallar 
    tayyorlash va slaydlarni chop etish kabi amallar ham Fayl vkladkasi yordamida bajariladi. 


    22 

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish