Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu




Download 47,98 Kb.
bet4/8
Sana17.12.2023
Hajmi47,98 Kb.
#121678
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish dar

Taqqoslash. Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya'ni o‘rganilayotgan ob'ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir.
O‘lchash taqqoslashning ayrim ko‘rinishi, ob'ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. Kuzatish va eksperiment natijalari o‘lchash yo‘li bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo‘ladi.. U o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.
Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimning tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma'naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan qat'iy nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim3[125]. Dalil tushunchasi har xil ma'no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli ta'riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqyea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat'iy nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir.
Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqyealari va hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Inson bilish imkoniyatlarining serqirraligi shunda namoyon bo‘ladiki, borliqning ayni bir dalili bilishning oddiy va ilmiy darajalarida, san'at, publitsistika yoki yuridik amaliyotda anglab yetilishi mumkin. Shu sababli turli usullar bilan aniqlanadigan har xil dalillarning ishonchlilik darajasi ham har xil bo‘ladi. Ko‘pincha ilmiy dalil bilan borliq voqyeasi o‘xshash bo‘lib ko‘rinadi va bu ayrim faylasuflar va olimlarga dalil haqiqatini mutlaq haqiqat sifatida tavsiflash imkonini beradi. Bunday tasavvur bilishning haqiqiy manzarasiga mos kelmaydi, uni dogmaga aylantiradi va soddalashtiradi.
Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi.
Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, tasniflash metodi mavjud bo‘lgan va boshqa dalillarga bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o‘zaro bog‘langan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Alohida va tasodifan, hayotdan ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga qodir emas. Noto‘g‘ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin, biroq u hyech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Download 47,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 47,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu

Download 47,98 Kb.