• Tamoyillar
  • Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu




    Download 47,98 Kb.
    bet7/8
    Sana17.12.2023
    Hajmi47,98 Kb.
    #121678
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish dar

    Nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir. U o‘rganilayotgan hodisalarning mazmunini yorituvchi tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining kafsh etilishi natijasida shakllanadi. Gipoteza borliqning muayyan bo‘lagini tushuntirish yoki talqin qilishga qaratilgan g‘oyalar majmuini o‘z ichiga oladi. Nazariya tarkibiga esa uning asoslari sifatida mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishini belgilagan barcha elementlar kiradi.
    Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi ustivor g‘oyalardir. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal qilishi mumkin.
    Kategoriyalar- borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin. Biroq, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq, fan kategoriyalari butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi.
    Paradigma fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning muayyan darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va nazariyalarning bashorat qilinishini ta'minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi.
    Xulosalar. Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
    Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma'lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.


    Download 47,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 47,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu

    Download 47,98 Kb.