Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu




Download 47,98 Kb.
bet3/8
Sana17.12.2023
Hajmi47,98 Kb.
#121678
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish dar

Kuzatishbilish ob'ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob'ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob'ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta'riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim.
Eksperimentbu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob'ektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob'ektni boshqa ob'ektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma'lum bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin.
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun'iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba'zan juda murakkab texnika vositalari, ya'ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a'zolari bilishi mumkin bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a'zolarimizni kuchaytirishi, ob'ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob'ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.
Tavsif. Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham mumkin. Tavsifga qo‘yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment ma'lumotlarini to‘g‘ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to‘liq yoki noto‘liq bo‘lishi mumkin, biroq u doim materialni ma'lum darajada tizimga solishni, ya'ni uni guruhlash va umumlashtirishni nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi.

Download 47,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 47,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasi jo’raboyev behruzbekning falsafa fanidan mustaqil ishi mavzu

Download 47,98 Kb.