Guruhlash usuli




Download 32,91 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2023
Hajmi32,91 Kb.
#114674
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy tahlil 11111


Referat

Moliyaviy tahlilda guruhlash,o’rtacha miqdorlardan foydalanish va indeks usullari



Guruhlash usuli.
Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.
Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Zanjirli bog‘lanish usulida ta’sir etuvchi birliklarni hisoblash metodikasi

Ifoda

Ko‘rsatkichlar

O‘zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari

Reja

Shartli1

Shartli2

Haqiqat

Q=xu

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0*u0

x1*u0

x

x1*u1

1

Birinchi omil (x) ta’siri

x

x

x

x1*u0 – x0*u0

2

Ikkinchi omil (y) ta’siri

x

x

x

x1*u1–x1*u0


Download 32,91 Kb.
  1   2   3   4




Download 32,91 Kb.