• Umumiy qoidalar
  • Shartnomaning mazmuni
  • O’quv-uslubiy ishlar sohasida
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida
  • Madaniyat sohasida
  • Boshqa shartlar va qoidalar
  • IV. Tomonlarning yuridik manzillari
  • Hamkorlik shartnomasi




    Download 27,64 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi27,64 Kb.
    #232945
    Bog'liq
    ҳамкорлик шартномаси Ислом Каримов


    Ipak yo’li innovasiyalar universiteti “Pedagogika-psixologiya va umumta’lim fanlari” va
    Islom Karimov nomidagi Toshkent dalvat texnika universitetining Olmaliq filiali “O’zbek tili va adabiyoti ” kafedralari o’rtasidagi


    HAMKORLIK SHARTNOMASI



    1. Umumiy qoidalar




    1. Ipak yo’li innovasiyalar universiteti “Pedagogika-psixologiya va umumta’lim fanlari” va Islom Karimov nomidagi Toshkent dalvat texnika universitetining Olmaliq filiali kafedralari (keyingi o’rinda “Tomonlar” deb yuritiladi) o’rtasida mavjud qoidalardan kelib chiqqan holda ushbu hamkorlik shartnomasi tuzildi.

    2. Mazkur Shartnoma bo’yicha hamkorlikni amalga oshirishda “Tomonlar” ta’lim, fan va madaniyat sohasida amalda bo’lgan huquqiy hujjatlarning tamoyillariga amal qiladilar.

    3. Mazkur shartnoma ilmiy-ijodiy aloqalarni kengaytirishga hamda o’zaro manfaatli ilmiy-texnik va o’quv-uslubiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo’shadi.

    4. Mutaxassislarni almashtirish, agar qo’shimcha kelishuvlar bo’yicha boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, bepul amalga oshiriladi.




    1. Shartnomaning mazmuni

    Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yangi farmon va qarorlari jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi ““O’zbekiston-2030” strategiyasi to’g’risida”gi PF-158-sonli Farmoni, shuningdek “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yili dasturi doirasida qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarish va ta’lim o’rtasida integrasiyani kengaytirish orqali ta’lim sifatini oshirishdan iborat. Jumladan:


    Tomonlarning asosiy hamkorlik yo’nalishlari quyidagilardan iborat:


    O’quv-uslubiy ishlar sohasida:

    avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlarini yaratish va joriy etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;


    masofaviy elektron ta’limdan keng foydalanish;
    o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish;
    ma’ruza uchun yetakchi ilmiy xodimlar va o’qituvchilar almashinuvi;
    professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlar malakasini oshirish va stajirovka o’tashni tashkil etish;
    talabalar va mutaxassislar uchun qo’shimcha ta’lim tashkil etish bo’yicha tajriba almashish.


    Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida:
    kelishilgan mavzu bo’yicha aniq ilmiy izlanishlar olib borish;
    ilmiy hisobotlar, maqolalar, monografiyalarni birgalikda tayyorlash;
    ilmiy seminarlarlar, davra suhbatlari, konferensiyalarda birgalikda ishtirok etish va tashkil qilish;
    qo’shma ilmiy bo’linmalar (laboratoriyalar, markazlar va h.k.) yaratish.


    Madaniyat sohasida:

    1. Talabalarning yoshlar tashkilotlari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish;

    talabalar, doktorantlar va xodimlarning turistik-ekskursiya faoliyatini tashkil etish.

    1. Tomonlar ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha kelishilgan tamoyillarga amal qiladilar.

    2. Qo’shimcha kelishuvlarga ko’ra, Tomonlar xalqaro munosabatlar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi dastur va loyihalarni amalga oshirishda birgalikda ishtirok etishlari mumkin.

    3. Tomonlar ushbu shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan aniq tadbirlar to’g’risida muntazam ravishda ma’lumot almashib turadilar.




    1. Boshqa shartlar va qoidalar




    1. Har qanday o’zgarish to’g’risida yozma ravishda xabar berilishi kerak. Ikki tomonlama kelishuvlar qo’shma faoliyat turlari, shakllari va muddatlarini ta’minlaydi.

    2. Tomonlar kelishuviga binoan shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Imzolangan shartnoma boshqa hamkorlik faoliyatini o’tkazish imkoniyatini istisno etmaydi.

    3. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi.

    4. Agar tomonlardan biri ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugashidan 6 oy oldin e’lon qilmasa, shartnoma avtomatik ravishda keyingi 5 yilga uzaytiriladi.

    5. Shartnoma teng kuchga ega bo’lgan va tomonlar tomonidan saqlanadigan ikki nusxada imzolanadi.

    6. Mazkur shartnomaning moddalarini qo’llash va talqin qilishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qo’shma muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.

    IV. Tomonlarning yuridik manzillari:

    Ipak yo’li innovasiyalar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat


    universiteti texnika universiteti Olmaliq filiali
    Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Toshkent viloyati, Olmaliq shahri
    Ehtirom ko’chasi, 17/4a Ulug’bek ko’chasi.

    “Pedagogika-psixologiya va umumta’lim “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi


    fanlari” kafedrasi mudiri: M.M.Usmanova mudiri: V.A.Ahmedova
    __________________ __________________
    “____” “ __________” 2024 “____” “ __________” 2024
    Download 27,64 Kb.




    Download 27,64 Kb.