AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING ASOSIY




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.04.2022
Hajmi0.77 Mb.
#20214
1   2   3   4
Bog'liq
axborot tizimlari ppt
«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING ASOSIY
KOMPONENTLARI
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi
muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot
manbai va chiqadigan axborotning iste'molchisi hisoblanadi.
Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab
undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan
o'tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi
axborotni to'plash, ro'yxatga olish va dastlabki ishlov berish,
aloqa kanali bo'yicha manbadan kompyuterga uzatish,
mashina eltuvchilariga o'tqazish, axborot fondlarini yaratish
va
saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va
chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo'yicha
kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul
qilishi uchun yaroqli shaklga o'zgartirishdan iborat.


Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik
tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni
ajratib ko'rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to'plash va
dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish,
axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni
aks ettirish (chiqarish kichik tizimi).
Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi
axborotga dastlabki ishlov berish bo'yicha bir qator
operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida ob'ektlar
to'g'risida ob'ekt uchun tabiiy bo'lgan shaklda, ya'ni tabiiy
tilning so'zlari va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi
raqamlarida taqdim etilgan dastlabki axborotni (masalan,
kadrlarni hisobga olish bo'yicha varaqa mazmuni, bemorni
tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovar-
transport yukxatlari mazmuni va hokazo) to'plash amalga
oshiriladi.


Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining
axborot fondida hali mavjud bo'lmagan ma'lumotlar
tanlab
olinadi.
Bu
bilan
tizimda
axborot
takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborotning
tizimga keyin kiritilishi zarur bo'lgan elementlariga
dastlabki ishlov beriladi, ya'ni tizimda qabul qilingan
muayyan shaklga va formatga keltiriladi: maxsus
blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi jadvallarga
kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar
bo'yicha annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi,
fizik parametrlari
birliklarning yagona tizimiga
keltiriladi.
Dastlabki ishlov berishdan o'tgan va
muayyan
tarzda
shaklga
keltirilgan
axborot
eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog'ozda qayd
etiladi.



Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan
olinadigan
axborot
kompyuterga
bevosita
kiritish
uchun
yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni
kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to'g'ri ko'chirilishi
va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo'ladi.
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko'pincha
kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog'langan
displey va aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va
axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining
elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va
arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari
bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda saqlanishi
ta'minlanadi, shuningdek ishlov berish topshiriqiga muvofiq
bo'lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini
shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek
axborotga ishlov berish bo'yicha barcha amallar axborotni saqlash
va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmui
boshqaruvida


amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida
axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini
ta'minlaydi. Axborotni saqlash va ishlov berish kichik
tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik
vositalar (shu jumladan, kompyuterning o'zi ham),
shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va
saqlash tizimi (AIST) gabirlashadi. AIST o'z ichiga axborot
massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari,
metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik
vositalar majmuini oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-
chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida
hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko'rib chiqishda bu
vositalarni ham albatta hisobga olish zarur. Axborotga
ishlov berish kichik tizimi
adabiyotlarda ko'p hollarda
ma'lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi
(MIAT) deb ataladi, bunda «ma'lumotlar» tushunchasi
«axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi.


•«Axborot» tushunchasidan odatda xabarning 
mazmun-mohiyatini ta'kidlashni istagan holatlarda 
foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo'lgan 
kompyuter hozircha ishlov berilayotgan 
xabarlarning ma'nosini idrok qilishga qodir emas. 
Kompyuterlarga nisbatan ko'pincha «ma'lumotlar» 
tushunchasi qo'llaniladi va kompyuter mashina 
eltuvchilarda taqdim etilgan ma'lumotlar bilan 
operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har 
qanday belgilar to'plami, uning mazmunidan qat'i 
nazar, ma'lumotlar hisoblanadi. Ma'lumotlarga 
muayyan ma'no berib, ularga ishlov berishni 
axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. 


Shuning
uchun
bundan
buyon
«axborot»
tushunchasidan asosan ma'noviy
mazmuni muhimligini
ta'kidlash zaruriyati
yuzaga kelgan yoki u o'zbek adabiyotida keng
qo'llaniladigan
va
o'rnashib
qolgan
so'z
birikmalari
tarkibiga
kirgan
hollardagina
foydalanamiz.
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik
tizimi (chiqarish tizimi) berilgan so'rovga
javobni chiqarib berishni ta'minlaydi, bunda uni
foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda
taqdim etadi.


Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning
zaruriy shaklini ta'minlab beradigan dasturlar
majmui va chiqarib berilayotgan axborot qayd
etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi.
So'rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik
tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida
chiqarib berilishi mumkin.
Kichik tizimlarning o'zaro aloqasi axborot manbalari
va
foydalanuvchilar
hudud
jihatdan
markaziy
kompyuter yaqinida joylashgan, degan nuqtai
nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot
tizimlaridamasofada joylashgan bo'ladi. Bunday
hollarda markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga
ma'lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan
terminallar (ular hozir o'zi kompyuter hisoblanadi)
kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.


Uzoqlashgan
terminal

bu
markaziy
kompyuterdan uni bevosita ulash imkoniyatini
istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan
kiritish-chiqarish qurilmasidir. Terminal kompyuter
bilan ma'lumotlarni uzatish kanali yordamida
bohlanadi.
Terminaldan
olinadigan
axborotni
kompyuterga bevosita kiritish mumkin. Uzoqda
joylashgan
terminallar
sifatida
shaxsiy
kompyuterlar, terminallar, teletayplar, maxsus
terminallar va abonent punktlaridan foydalaniladi.
Kichik
aloqa
tizimi
terminallarning
markaziy
kompyuter bilan o'zaro aloqasini ta'minlaydigan va
unga masofadagi terminalni boshqarish imkonini
beradigan dasturni ham o'z ichiga oladi.



Download 0.77 Mb.
1   2   3   4




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING ASOSIY

Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish