Havo yo‘llari va uning xalq xo‘jaligidagi o‘rni




Download 205,06 Kb.
bet1/2
Sana05.07.2024
Hajmi205,06 Kb.
#266660
  1   2
Bog'liq
edf521639ad8bb05bd468538e06e2b24

HAVO YO‘LLARI VA UNING XALQ XO‘JALIGIDAGI O‘RNI.


REJA:


  1. O„zbekiston havo yo„llari tarmog„i.

  2. Aeroportlar.

  3. Aerodrom va uning asosiy elementlari.

Tayanch so„zlar va iboralar: havo yo„llari, aeroportlar, xizmat mintaqasi, uchish tasmasi, aerodromlar, elementlar.

1992 yil 28 yanvar - "O„zbekiston havo yo„llari" Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun.




87-rasm. O„zbekiston havo yo„llari milliy aviakompaniyasi


Hozirgi kunda zamonaviy havo kemalari bilan ta‟minlangan “O„zbekiston havo yo„llari” dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirmoqda, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo„nalishning havo harakatini boshqarmoqda, shuningdek, aviakompaniyamiz tarkibida faoliyat ko„rsatayotgan, so„nggi avlod aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko„rsatish va ularni ta‟mirlash bo„yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo„lgan markazning xizmatlaridan keng foydalanayotgan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko„rsatmoqda.
Mamlakatimizning barcha aeroportlari jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Faqat 2011 yilning o„zida 2 million 300 ming nafar yo„lovchi va salkam 50 ming tonna yuk belgilangan manzillarga yetkazilgani Milliy aviakompaniyamiz qo„lga kiritayotgan yutuqlardan yaqqol dalolat beradi.
“Navoiy” xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan Xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo„lishidan qat‟i nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga egadir.

O„zbekistonda 150000 km dan ortiq havo yo„llari mavjud. Xavo transporti texnik jixozlari asosiy elementlariga uchish apparatlari (samolyot va vertolyotlar), aeroportlar, samolyot remonti zavodlari va boshqalar kiradi.
Uchish apparatlari havo transportining asosiy aktiv biriligidir. Ular o„z vazifalariga kura yo„lovchilar tashuvchi, yuk tashuvchi, yuk va yo„lovchilarni birga tashuvchi, maxsus ishlarni bajaruvchi (masalan, qishlok ho„jaligiga xizmat qiluvchi, sanitariya, aerofotosnimka ishlarini bajaruvchi), sport va o„quv- trenirovka samolyotlari va vertolyotlariga bo„linadi.
Uchish masofalari, yo„lovchilar sig„imi va yuk ko„tara olishiga qarab, yo„lovchilar tashuvchi samolyotlar magistral va mahalliy havo trassalarida uchuvchi samolyotlarga bo„linadi.

88-rasm. Navoiy aeroporti orqali tashkil qilingan avialiniyalar Aeroportlar havo transporti korxonalaridan biri bo„lib, yo„lovchilar, yuk va


pochta jo„natish va qabul qilish hamda samolyotlarni uchishga tayyorlash va uchishni tashkil qilish ishlari bilan shug„ullanadi. Aeroportlar tarkibiga havo roboti, vokzal, maxsus injenerlik bino va inshoolari hamda vertolyotlar qo„nish maydonlari kiradi. fuqoro havo flotidagi samolyot va vertolyotlar texnik ko„rstkichlari.
Aeroport xududida har-xil injenerlik kommunikatsiyalari, kanalizatsiya, elektr va bosimli xavo ta‟minoti, yoritish va aloqa tarmoqlari ham bo„ladi.


    1. rasm. O„zbekiston havo yo„llari milliy aviakompaniyasi avialiniyalari.

Maksimal kutarila olish og„irliklariga qarab samolyot va vertolyotlar turtta sinfga bo„linadi.


Maksimal ko„tarila olish og„irligi bo„yicha samolyotlar va vertolyotlar sinfi.

      1. jadval.

Samolyot va vertolyotlar turlari

Yo„lovchi joylari soni



Yuk ko„tara olishi, t

Ko„tarilish maksimal og„irligi,t

Kreserlik uchish tezligi, km/s

Qo„nmasdan ucha olish masofasi,
km

1

2

3

4

5

6

Magistral trassalarda uchuvchi samolyotlar

TU-154

158-164

18,0

90,0

900-1000

7000

IL-62

186-198

23,0

165,0

900-1000

9000-11000

Maxalliy trassalarda uchuvchi samolyotlar

AN-24

50

5,7

21,0

450-500

1900

YaK-40

24-30

2,28

13,7

550-600

500

Vertolyotlar

MI-6

80

5-8

39,0

250

620

MI-8

28

3-4

12,0

225

425

MI-10

28

8-12

12,0

180

500





      1. Maksimal ko„tarila olish og„irligi
        jadval.






Samolyotlar

Vertolyotlar

I sinf

50 t dan ortiq

10 t dan ortiq

II sinf

20-50 t

5-10 t

III sinf

10-20 t

2-5 t

IV sinf

1 t gacha

2 t gacha

Aeroportlar o„z vazifalari bo„yicha xalqaro aeroportlarga, mamlakat ichi magistral trassasida uchishga xizmat qiluvchi va mahalliy trassalarda uchishga xizmat qiluvchi tayyoragoxlarga bo„linadi.


Xalqaro va mamlakatimiz magistral trassalariga xizmat qiluvchi aeroportlar murakkab meteorologik sharoitlarda ham muntazam va kechayu kunduz ishlashga mo„ljallangan bo„ladi.
Yo„lovchilar oqimi yillik xajmiga karab aeroportlar besh sinfga bo„linadilar. 7 mln dan ortiq yo„lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo„lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar xam sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar mikdori va darajasi belgilanadi. Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir. Xavo raboti samolyot va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo„llar (tasmalar) xamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayerlangan yer uchastkalaridir.


    1. rasm. Buxoro va Toshkent aeroportlari

Vertolyotlar qo„nishi yoki uchishi uchun maxsus tayyorlangan maydonchalar - uchish, qo„nish va burilish uchun tegishli ravishda jixozlangan bino va inshootlar bo„lib, ular vertolyotlarda yuk va yo„lovchilar tashishga mo„ljallangan bo„ladi.
Xavo raboti o„z vazifalariga ko„ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul qiluvchi xavo rabotlari, maxsus xavo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o„quv xamda sport klublari havo rabotlariga bo„linadi.
Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko„ra havo rabotlar muntazam ishlovchi havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni bajaruvchi havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin.
Havo rabotlar vazifalariga ko„ra boshlang„ich va eng so„ngi punktlaridagi asosiy havo rabotlarga, oraliq punktlaridagi xavo rabotlarga va zaxiradagi xavo rabotlarga ixtiyorida bo„ladilar. Samolyot va vertolyotlar xamda uchuvchi komandalar asosiy xavo rabotlar ixtiyorida bo„ladilar. Boshlang„ich yoki eng so„nggi xavo rabotlardan samolyotlar uchishni belgilangan trassalar bo„yicha boshlaydilar yoki tamomlaydilar. Oraliq punktlaridagi xavo rabotlarda samolyotlar jadvallar buyicha yo„lovchilar bir kismini tushirish yoki chikarish uchun xamda texnik karovdan o„tkaziladi va yoqilg„i zapaslari oladi. Favkulodda xollarda samolyotlarning yo„lda qo„nishi uchun xam zaxira xavo rabotlari bo„lishi kerak.
Xavo rabotlari uchish, texnik ko„rsatish va turar joy zonalaridan iborat bo„ladi.
Uchish zonalari-uchish maydonchasi, xavfsizlik tasmasi va xavodan tushish tasmasidir. Uchish maydonchalari maxsus jixozlangan xududdan iborat bo„lib, samolyotlarning uchish va qo„nish oldi xarakatlari uchun xizmat kiladi. Uchish tasmalari soni va joylashishi havo rabotining samolyotlar o„tkaza olish qobilyatiga, shamolning havo raboti rayoni yonidagi aksariy yo„nalishiga, maydon relefi va gidrogeologik sharoitlariga bog„liqdir. Samolyot va vertolyotlar uchish va qo„nishi uchun uchish zonasining bir qismidagi tasmalar ustiga sement va asfaltbeton qoplamalari yotqiziladi, ular har qanday ob-havo sharoitida ham samolyot va vertolyotlarning uchishi va qo„nishi ta‟minlashga qaratilgan bo„lib, uchish va qo„nish tasmalari deb ataladi. Havo rabotlari kategoriyalariga karab bunday tasmalar umumiy uzunligi 600-2600 metr va undan xam ortiq bo„ladi, kengligi esa 25-80 metr va undan ortiq bo„lishi zarur. Uchish va qo„nish tasmasidan samolyotlarning qo„nish joylarigacha yoki perronlargacha bo„lgan yo„llar rulejka yo„llari deb ataladi. Ular kengligi 10-25 metr atrofida bo„ladi.
Samolyot va vertolyotlarni to„xtatib qo„yish joylari ham qattiq qoplamali yo„llardan iborat bo„lib, ularda samolyot va vertolyotlarga texnik xizmat ko„rsatiladi. Tungi soatlarda va murakkab ob-havo sharoitlarida samolyotlar muntazam qatnashi uchun xavo rabotlari hududidagi yo„llar maxsus elektr chirog„i va radio-texnika bilan jihozlangan bo„ladi.
Xavo raboti hududi atrofida uchish xavfsizligini ta‟minlash uchun ma‟lum radiusdagi bino va inshootlar cheklangan bo„lib, u havo raboti oldi hududi deyiladi.
Havo raboti oldi hududi va uning ustidagi taxminan 50 kilometrlar atrofidagi havo fazosi aerotoriya yoki aeroport hududi deb ataladi.
Xavo transportining asosiy xususiyati-samolyotlarning katta tezligi, yo„lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining kisqarishidir. Gaz-turbina dvigatelli samolyot o„rta xisobda soatiga 600-800 km tezlikda yo„lovchi tashiy oladi. Gaz-trubinali havo kemalarida yo„lovchilarning o„rtacha uchish masofasi 2000 km ga yetdi.
Samolyotlarning baland ucha olishi uning poezdlar va avtomobillar bora olmaydigan eng chekka ulkalarga xam yetib borishiga imkon beradi.
Xavo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o„rnatish uchun havo yo„llari uchun aeroport qurish va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o„zi kifoya qiladi. Tayyoragohlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo„li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo„llari va temir yo„llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo„llari tashkil qilishga qodir.
Juda ko„p vaqt to„xtamasdan, to„g„ri bora oladigan aloqa marshrutlari tashkil qilish - havo transportinig ya‟na bir afzalligidir. Fuqoro aviatsiyasi juda qisqa va to„g„ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib bo„lmaydigan har qanday punktlar oralig„iga qo„nmasdan yuk va yo„lovchi tashib bera oladi. Xavo transporti yuqori manevrchanligi hamda yo„lovchi va yuk oqimlari o„zgarishiga muvofiqlanishi uning yana bir muhim afzalligidir.
Havo transportning kamchiliklaridan biri transportining boshqa turlariga nisbatan yuk va yo„lovchilar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir. Tashish tannarxining yuqori darajada bo„lishi sabablari birinchidan, samolyot uchishi uchun kerak bo„lgan zarur yukning katta vaznliligi, ikkinchidan yuk kutarish birligiga tug„ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o„z navbatida yonilg„ining ko„p sarflanishiga olib keladi.




    1. rasm. O„zbekiston havo yo„llari aerodromlari elementlari

Havo transportining yana bir kamchiligi uning ishiga ob-havo sharoitining ta‟sir qilishidir. Yuqorida bayon qilingan kamchiliklar havo transportining yo„lovchilar va yuk tashishdagi katta mohiyatini sira kamsitmaydi. Uchish xavfsizligini ta‟minlashga alohida e‟tibor beriladi. Xavfsizlik muammolari ikki yo„nalish - uchish apparatlari puxtaligi va mustahkamligini oshirish va yerdan turib samolyotlarni har qanday murakkab sharoitlarda boshqarib borish vositalarining aniq ishlashi bo„yicha olib boriladi. Uchish xavfsizligi ko„p xollarda harakatni boshqarish tizimlariga bog„likdir. Ayniqsa bu masala uchish oqimlari ko„p yerlarda katta ahamiyaga ega va bunday hollarga samolyotlar to„qnashmasligi uchun ularning uchish balandliklari va intervallarini eshelonlarga bo„lish lozim. Har xil turdagi samolyotlar uchun maxsus uchish koridorlari xam belgilanadi. Ko„rsatilgan koridorlardan samolyotlar ruxsatsiz chetga chiqmasliklari kerak.


Hozirgi vaqtda aeroportlarda samolyotlarni qo„ndirish va uchirish ishlarida EHMdan foydalaniladi. Murakkab sharoitlarda EHM samolyotlarning uchish traektoriyalari va boshqa zarur shartlarini hisoblash chiqib, samolyot boshqaruvchi pilotga tayyor ma‟lumotlar yetkazib beradi.
Havo transportini rivojlantirishdagi asosiy yo„nalishlardan biri maksimal uchish tezligini oshirishdir. Uchish tezligini oshirish insoniyatning azaliy orzusidir. Hozirgi 1000 km tezlik bilan uchish yuqori pog„ona bo„lmay qoldi. Endilikda O„zbekiston Respublikasida va boshqa mamalakatlarda tovush tezligidan (1200 km/soat) tez uchadigan yo„lovchi samolyotlari qatnab turibdi. Bular qatoriga TU- 144 samolyoti (uchish tezligi 2500 km/soat) kiradi.
Xozirgi kunda soatiga 6500 km tezlik bilan uchadigan eksperemental samolyot yaratilgan. Bunday tezlikda uchuvchi apparatlar gipertovushli samolyotlar deb ataladi.

Download 205,06 Kb.
  1   2




Download 205,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Havo yo‘llari va uning xalq xo‘jaligidagi o‘rni

Download 205,06 Kb.