|
Havoni tarkibiy qismlarga ajratish
| bet | 7/54 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #140978 |
Bog'liq «navoiyazot» aj «tasdiqlayman»-fayllar.orgAzotning olinishi.
Tartib raqami E611002 bo‘lgan kondensatsion bug‘latgichdan manfiy 178°C haroratga ega bo‘lgan azot tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovituvchiga uzatiladi. U yerda manfiy 191°C haroratgacha sovutiladi va tartib raqami V611003 bo‘lgan doimiy bosimdagi suyultirilgan azot rezervuariga kelib tushadi. Tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaning yuqori qismidan manfiy 194 °C haroratli gaz holatidagi azot tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovutgichga uzatiladi. Shuningdek u yerdan o‘tgach tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan issiqlik almashgichga uzatilib u yerda o‘z sovuq haroratini dastlabki musbat (10÷37) °C haroratga ega bo‘lgan tozalangan havoga beradi. So‘ng gaz holatidagi azot siqish bosqichiga uzatiladi.
Siqish bosqichida gaz holatidagi azot ikki oqimga bo‘linadi.
-
Birinchi oqim tartib raqami C611003A/B bo‘lgan past bosimdagi azot kompressoriga uzatilib, u yerda 0,8 MPa bosimgacha siqiladi. Past bosimdagi azot kompressori – markazdan qochma kuch asosida ishlaydigan, uch bosqichli, har bir bosqichidan so‘ng sovutgichga (bosqichlar oralig‘idagi sovutgich) ega bo‘lgan kompressor. Bosqichlar oralig‘idagi sovutgichda sovituvchi manba sifatida 606-binodan chiquvchi aylanma suv (AST) ishlatiladi. Tartibga solish tizimi orqali siqilgan, gaz holatidagi azot istemolchilarga uzatiladi.
-
Gaz holatidagi azotning ikkinchi oqimi tartib raqami V611007 bo‘lgan bufer idishiga kelib tushadi.
-
Bufer idishidan gaz holatidagi azot tartib raqami C611004A/B bo‘lgan o‘rta bosimli azot kompressorining kiruvchi qismiga uzatiladi. Tartib raqami C611004A/B bo‘lgan o‘rta bosimli azot kompressori – to‘rt bosqichli, porshenli, har bir bosqichidan so‘ng tartib raqami E611101A/B bo‘lgan sovutgichga (bosqichlar oralig‘idagi sovutgich) ega bo‘lgan kompressor. Bosqichlar oralig‘idagi sovutgichda sovituvchi manba sifatida aylanma suv ishlatilib, har bir bosqichida gazdan namlikni ushlab qoluvchi tartib raqami D611102A/B apparat ko‘zda tutilgan. Tartibga solish tizimi orqali siqilgan, gaz holatidagi kompressordan chiqgan 2,7 MPa bosimli azot istemolchilarga uzatiladi.
|
| |