• Argonning olinishi
  • Suyultirilgan azot gazifikatsiyasi va gaz holatidagi azot bosimini nazorat qilish




    Download 0,59 Mb.
    bet8/54
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #140978
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
    Bog'liq
    «navoiyazot» aj «tasdiqlayman»-fayllar.org

    Suyultirilgan azot gazifikatsiyasi va gaz holatidagi azot bosimini nazorat qilish
    tizimi
    Tartib raqami V611003 bo‘lgan doimiy bosimli suyultirilgan azot rezervuaridan chiqqan suyultirilgan azot tartib raqami P611006 bo‘lgan nasosning kiruvchi qismiga o‘tib, u yerda 2,7 MPa bosimga yetkazilgach tartib raqami E611007 bo‘lgan suyultirilgan azot gazifikatoriga uzatiladi. Gazifikatorda tuyingan bug‘ hisobiga suyultirilgan azot bug‘lanadi va so‘ng 2,7 MPa bosimda, o‘rta bosimdagi gaz holatidagi azot kollektoriga va tartib raqami V611006 bo‘lgan azot rezervuariga uzatiladi. Tartib raqami V611006 bo‘lgan azot rezervuaridan tartib raqami 611PV16001 klapani orqali past bosimli (0,8MPa) gaz holatidagi azot quvuriga yo‘naltiriladi.


    Argonning olinishi
    Tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaning pastki qismida argonning distilyatsion fraksiyasi hosil bo‘ladi va manfiy 180°C haroratda rektifikatsiya jarayonini amalga oshirish uchun tartib raqami T611005 bo‘lgan tozalanmagan argon kolonnasiga uzatiladi. Tartib raqami T611003 bo‘lgan pastki rektifikatsion kolonnasining quyi qismida suyultirilgan havo tartib raqami E611004 qayta sovutgichi orqali manfiy 176°C haroratda tartib raqami T611006 bo‘lgan tozalangan argon kolonnasiga uzatiladi.
    Argonning distilyatsion fraktsiyasi tartib raqami T611005 bo‘lgan tozalanmagan argon kolonnasining pastki qismiga rektifikatsiya jarayonidan o‘tishi uchun uzatiladi. Argon tartib raqami T611005 bo‘lgan tozalanmagan argon kolonnasining yuqori qismida joylashgan bug‘latuvchi kondensatorda yig‘iladi. Suyultirilgan havo bug‘lari tozalanmagan argon kolonnasining yuqori qismidan tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaga uzatiladi. Suyultirilgan argon kolonnasining kub qismidan suyultirilgan argon fraktsiyasi tartib raqami P611004A/B bo‘lgan tozalanmagan argon nasosi yordamida tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnasining pastki qismiga yuboriladi.
    Tartib raqami T611005 bo‘lgan suyultirilgan argon kolonnasining yuqori qismida o‘rnatilgan kondensator bug‘latgichidan chiqgan suyultirilgan argon tartib raqami T611006 bo‘lgan tozalangan argon kolonnasining o‘rta qismiga kislorod va azotning qoldiqlaridan tozalanish uchun uzatiladi.Tartib raqami T611006 bo‘lgan tozalangan argon kolonnasining ichida suyultirilgan argon kolonnaning pastki qismiga oqib tushadi. Kolonnaning pastki qismida kondensator bug‘latgich o‘rnatilgan bo‘lib, unda suyultirilgan havo bug‘lanadi, argon esa kondensatlanadi. Tartib raqami T611006 bo‘lgan kolonnaning kub qismidan tozalangan suyultirilgan argon doimiy bosimli tartib raqami V611005 bo‘lgan suyultirilgan argon rezervuariga kelib quyiladi. Tartib raqami T611006 bo‘lgan kolonnaning yuqori qismidan havoning bug‘lari tartib raqami T611004 rektifikatsion kolonnasining yuqori qismiga qaytib boradi.



    Download 0,59 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suyultirilgan azot gazifikatsiyasi va gaz holatidagi azot bosimini nazorat qilish

    Download 0,59 Mb.