Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet257/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   309
Bog'liq
hfh

joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo´yicha bilim va amaliy ko´nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg´ulotlarida og´zaki so´rov, test o´tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o´tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat(ON)– semestr davomida o´quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o´z ichiga olgan) bo´limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko´nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko´p o´tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og´zaki, test va hokazo) o´quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat(YaN)– semestr yakunida muayyan fan bo´yicha nazariy bilim va amaliy ko´nikmalarni talabalar tomonidan o´zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o´tkaziladi.
Oraliq nazoratni o´tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o´rganib boriladi va uni o´tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o´tkaziladi
Oliy ta´lim muassasasi rahbarining buyrug´i bilan ichki nazorat va monitoring bo´limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o´tkazish jarayoni davriy ravishda o´rganib boriladi va uni o´tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o´tkaziladi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko´nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo´yicha o´zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo´yicha talabaning semestr davomidagi o´zlashtirish ko´rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo´yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball; joriy nazorat-35 ball; oraliq nazoratga – 35 ball.

Download 6,07 Mb.
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   309




Download 6,07 Mb.