|
-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
|
bet | 265/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh12-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari:
aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy ob’ektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
fuqarolarni favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qiladilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni amalga oshiradilar.
13-modda. Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish choralari to’g’risida davlat hokimiyat va boshqaruv organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda axborot olish huquqiga ega.
14-modda. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish tabiiy ofatlarni, texnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat qilish maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar monitoringini o’tkazish va ularni oldindan bashorat qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
III. FUQAROLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
15-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
favqulodda vaziyat ro’y berganda hayotlari, sog’liqlari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo’ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bo’lganda ular duch kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatar darajasi to’g’risida hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor bo’lish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish chog’ida sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog’ida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yo’qotganda, nogironligi mehnatda mayib bo’lish oqibatida kelib chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish:
boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog’ida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok bo’lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yo’qotganda, mehnatda mayib bo’lish tufayli halok bo’lgan shaxsning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sug’urtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar turlari va miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
|