|
-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
|
bet | 264/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
favqulodda vaziyatlar chog’ida aholini va hududlarni muhofaza qilish bo’yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadilar;
aholining va hududlarning muhofazalanishiga oid axborotlar belgilangan tartibda to’planishi va almashinilishini, shuningdek favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki ro’y berganligi to’g’risida aholi o’z vaqtida voqif va xabardor etilishini amalga oshiradilar;
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratadilar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini moliyalashni amalga oshiradilar;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga yordamlashadilar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha korxona, muassasa va tashkilotlar kuchlari va vositalarining shay holda turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo’lgan zonalarda qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlari (shu jumladan tezkor harakat bo’linmalari) va maxsus tuzilmalarning doimo shay bo’lib turishini tashkil etadilar;
avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlarni tashkil etadilar hamda amalga oshiradilar, shuningdek bunday ishlar o’tkazilishi chog’ida jamoat tartibi saqlanishiga ko’maklashadilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
11-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
xodimlar hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari;
xavf manbai yuqori bo’lgan ob’ektlar xavfsizligi to’g’risida belgilangan tartibda deklaratsiya taqdim etishlari;
xodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o’rgatishlari;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va doimo shay holatda saqlab turishlari hamda favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki ro’y berganligi to’g’risida xodimlarni o’z vaqtida xabardor qilishlari;
favqulodda vaziyatlar sharoitida ob’ektlar ishi hamda xodimlar hayot faoliyati barqaror kechishini ta’minlashlari;
muhandislik-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;
favqulodda vaziyatlar ro’y berishi ehtimolini nazarda tutib, belgilangan tartibda moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish kuchlari va vositalari yaratilishini, tayyorgarlikdan o’tkazilishini hamda shay bo’lib turishini ta’minlashlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq o’z tasarrufidagi ob’ektlarda avariya-qutqaruv ishlari o’tkazilishini ta’minlashlari;
belgilangan tartibda ixtisoslashgan xizmatlar va tuzilmalarni yaratishlari, ularni shaxsiy tarkib, texnika va anjom bilan to’ldirishlari;
belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o’tkazishlari va odamlarni joylashtirish uchun oldindan bazalar tayyorlab qo’yishlari;
belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida axborotlar taqdim etishlari shart.
|
| |