• IV. FAVQULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF ETISH 20-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar
  • 21-modda. Favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning chegaralarini belgilash
  • 22-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining tugatilishi
  • 23-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar tarkibi
  • -modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ’ib etish




    Download 6,07 Mb.
    bet267/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    19-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ’ib etish
    Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ’ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi.
    Bilimlarni targ’ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
    IV. FAVQULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF ETISH
    20-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar
    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar hududi va ob’ektlarida bunday vaziyat ro’y bergan korxona, muassasa va tashkilotlarning, vazirlik, idora va hokimliklarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi. Zarurat bo’lganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qo’shimcha kuchlar va vositalar ajratiladi.
    21-modda. Favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning chegaralarini belgilash
    Favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning chegaralari davlat organlarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning tegishli rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar tasnifiga muvofiq belgilanadi.
    22-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining tugatilishi
    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha qutqaruv, avariya ishlari va boshqa ishlar tegishli organlar qaroriga binoan tugatiladi.
    Favqulodda vaziyat bartaraf etilganidan so’ng davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
    23-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar tarkibi
    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy ixtisoslashgan avariya-qutqaruv bo’linmalari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining tegishli tuzilmalari hamda bo’linmalaridan iborat. Mazkur bo’linmalar tarkibi hamda ularni qo’llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ’ib etish

    Download 6,07 Mb.