Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet269/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   309
Bog'liq
hfh

I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funktsional bo’linmalar majmui;
himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funktsional va ob’ekt tuzilmalari.
2-modda. Fuqaro muhofazasi vazifalari
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish;
ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
xalq xo’jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish;
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish;
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

Download 6,07 Mb.
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   309




Download 6,07 Mb.