• 4-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
  • II. FUQARO MUHOFAZASIGA RAHBARLIK QILISH, DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI 6-modda. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish
  • -modda.Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari




    Download 6,07 Mb.
    bet270/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    3-modda.Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari
    Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    4-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
    Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
    5-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik
    O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan fuqaro muhofazasi sohasidagi hamkorligi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    II. FUQARO MUHOFAZASIGA RAHBARLIK QILISH, DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
    6-modda. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish
    O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
    O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig’idir.
    O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
    Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko’ra fuqaro muhofazasining boshlig’i bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
    Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko’ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig’i bo’lgan rahbarlari amalga oshiradilar.
    Fuqaro muhofazasi boshlig’i o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
    fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
    aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to’g’risida qarorlar qabul qilish;
    fuqaro muhofazasi bo’yicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
    o’z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o’tkazishga jalb etish;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
    Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo’yicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
    Aholini va hududlarni zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda.Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari

    Download 6,07 Mb.