• 12-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki
  • III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI 13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
  • -modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari




    Download 6,07 Mb.
    bet273/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    11-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
    Tashkilotlar o’z vakolatlari doirasida:
    fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
    urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
    o’z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatishni amalga oshiradilar;
    xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
    xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o’z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;
    moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
    Potentsial xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo’lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
    12-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki
    Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari:
    fuqarolarning zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o’rgatilishiga ko’maklashadilar;
    harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog’liq yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
    aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar.


    III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI
    SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
    13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
    Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
    o’z hayoti, sog’lig’i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
    umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
    harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to’g’risida axborot olish.
    Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
    harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari

    Download 6,07 Mb.