• 19-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari
  • 20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
  • -modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi




    Download 6,07 Mb.
    bet275/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
    Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
    Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi.
    Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo’linmalari ham jalb etilishi mumkin.
    19-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari
    Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
    Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    zararlanish o’choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
    qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
    aholini va xalq xo’jaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
    aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
    Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
    Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish printsipiga ko’ra tashkil etiladi.
    Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
    bo’ysunuviga ko’ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (xalq xo’jaligi ob’ektlaridagi) tuzilmalariga;
    belgilangan vazifasiga ko’ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o’choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo’linadi.
    Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to’lmagan bolalari bor, o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi

    Download 6,07 Mb.