• 2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: garovga ushlab turilgan shaxs
  • O’zbekiston Respublikasining Prezidenti




    Download 6,07 Mb.
    bet277/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
    I. KARIMOV


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
    QONUNI
    2000 yil 15 dekabrь Toshkent sh.
    TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA
    I. UMUMIY QOIDALAR
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
    Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
    2-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
    garovga ushlab turilgan shaxs — qo’lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo’lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;
    terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
    terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs;

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasining Prezidenti

    Download 6,07 Mb.