Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet278/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   309
Bog'liq
hfh

terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;
terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo’yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o’zaro bog’liq maxsus tadbirlar majmui;
terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo’shlig’i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;
terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo’lgan faoliyat;
terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo’lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, shikastlantirish, yo’q qilish, portlatishlar, o’t qo’yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo’rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo’lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo’q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o’tkazilayotganda vahima ko’tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog’lig’iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo’li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug’dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish;

Download 6,07 Mb.
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   309




Download 6,07 Mb.