• VI. TERRORCHILIK FAOLIYaTIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
  • 29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
  • -modda. Ko’p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash




    Download 6,07 Mb.
    bet286/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    27-modda. Ko’p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
    Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan bo’linmalarda xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operatsiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
    Ko’p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
    VI. TERRORCHILIK FAOLIYaTIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
    28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
    Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
    SHaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o’z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og’ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko’maklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
    29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
    Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
    Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o’tkaziladi.
    O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ro’yxatga olingan xalqaro tashkilot (uning bo’linmasi, filiali, vakolatxonasi) O’zbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning bo’linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning bo’linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo’linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga o’tkaziladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ko’p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash

    Download 6,07 Mb.