• 4-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet288/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
    radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati;
    sanitariya-muhofaza zonasi — ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud bo’lib, u yerda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy chegarasidan oshishi mumkin;
    tabiiy radiatsiyaviy fon — kosmik nurlanish orqali hamda yerda, suvda, havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali hosil bo’ladigan nurlanish dozasi;
    texnogen ravishda o’zgartirilgan radiatsiyaviy fon — inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon;
    xodimlar (personal) — bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan yoxud ish sharoitlariga ko’ra bunday manbalar ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar;
    yadroviy xavfsizlik — yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui.
    3-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari
    Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    4-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari
    Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
    normalashtirish printsipi — ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo’l qo’yiladigan, ular sog’lig’iga xavfsiz bo’lgan darajadan oshirmaslik;

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   309




    Download 6,07 Mb.