• 11-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish
  • III. RADIATSIYaVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHGA DOIR TALABLAR 12-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
  • -modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash




    Download 6,07 Mb.
    bet291/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
    Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalash vositalarini yaratish va tayyorlash, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko’rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish va ko’mib tashlash belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
    11-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish
    Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan hamda ro’yxatga olinadigan radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalarini, gigiena normativlarini, davlat standartlarini, qurilish normalari va qoidalarini, mehnat muhofazasi qoidalarini, radiatsiyaviy xavfsizlik bo’yicha yo’riqnomaga oid, uslubiy va boshqa hujjatlarni joriy etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
    III. RADIATSIYaVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHGA
    DOIR TALABLAR
    12-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
    Radiatsiyaviy xavfsizlik quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi:
    radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimining amal qilishi;
    radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog’lig’iga zarar yetkazilishi xavfi yuqori bo’lganligi uchun to’lanadigan tovon turlari va miqdorlarini belgilab qo’yish;
    radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog’lig’iga hamda ular mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash;
    ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlarini belgilash;
    ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga solish;
    tibbiy-profilaktik tadbirlar o’tkazish;
    radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish;
    fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o’rgatish;
    radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo’lgan fuqarolarga yordam ko’rsatish;
    radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida rejimlarni joriy etish;
    tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
    radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi xavfi bo’lgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish.
    Radiatsiyaviy xavfsizlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham ta’minlanishi mumkin.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash

    Download 6,07 Mb.