|
-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
|
bet | 292/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh13-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog’ida mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib boriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining ta’minlanishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiena normativlarining bajarilishi tahlili;
radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko’lami;
radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
xodimlar (personal) va aholi ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan olayotgan, olgan va olish ehtimoli bo’lgan nurlanish dozalarining tahlili;
nurlanish dozalarining belgilab qo’yilgan asosiy chegarasidan yuqori bo’lgan nurlanishga duchor bo’lgan shaxslar soni.
14-modda. Radiatsiya-gigiena pasporti
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiya-gigiena pasportiga har yili radiatsiya xavfsizligini baholash natijalari kiritib boriladi.
Radiatsiya-gigiena pasportlarini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
15-modda. Tabiiy radionuklidlar ta’sir etish chog’ida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash
Er uchastkalarini tanlash, binolar hamda inshootlarni loyihalashtirish va qurish xonalar havosiga tabiiy radionuklidlar tushishini bartaraf etish hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilib olish, binolar va inshootlardan foydalanish xonalari havosidagi tabiiy radionuklidlarning mavjudlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Radiatsiyaviy xavfsizlik normativlariga javob bermaydigan qurilish materiallari va buyumlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Turar joy va ishlab chiqarish xonalarida aholi va xodimlar (personal)ning tabiiy radionuklidlar oqibatida nurlanish olishi belgilab qo’yilgan normativlardan oshmasligi kerak.
|
| |