|
-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
|
bet | 290/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh7-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat bo’ladi:
radiatsiyaviy xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, yemlarni, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash;
barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy ifloslanishni aniqlash.
8-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazoratini O’zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi amalga oshiradi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar amalga oshiradi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi jamoat nazorati nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
9-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish ob’ektlarining davlat ekspertizasi
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda davlat ekologik, radiatsiya-gigiena va texnikaviy ekspertizasidan o’tkazilishi shart.
|
| |