|
-modda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
|
bet | 293/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh16-modda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonida ularga yondosh bo’ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
17-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi majburiyatlari
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo’lmish mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlarini olib borishga;
ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida radiatsiya vaziyati ustidan, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining chiqarilishi, tashlanishi ustidan va ko’mib tashlangan joylarida ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishga;
xodimlar (personal) nurlanish olganligining individual dozalari nazoratini va hisobini olib borishga;
ishlab chiqarish rahbarlarini, xodimlar (personal)ni, ishlab chiqarish nazorati xizmati mutaxassislarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va attestatsiyadan o’tkazishga;
xodimlar (personal)ni ularning ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari xususida hamda ular olgan nurlanishning individual dozalari to’g’risida muntazam xabardor qilib borishga;
xodimlar (personal) tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini tashkil etib turishga;
ishlatilmayotgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko’mib tashlashni ta’minlashga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarining talablarini bajarishga.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
|