-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlariga qo’yiladigan sanoat xavfsizligi talablari




Download 6,07 Mb.
bet301/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   309
Bog'liq
hfh

10-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlariga qo’yiladigan sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektining xodimlari:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga rioya etishlari;
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o’tishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to’xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
11-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha harakatlarga tayyorgarlik ko’rishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko’rsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa o’z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy mablag’lar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega bo’lishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o’qitishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko’maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.

Download 6,07 Mb.
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlariga qo’yiladigan sanoat xavfsizligi talablari

Download 6,07 Mb.