-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari




Download 6,07 Mb.
bet300/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   309
Bog'liq
hfh

9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga rioya etishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to’ldirilishini ta’minlashi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko’rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo’yishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o’tkazilishini ta’minlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo’lishi hamda ishlashini ta’minlashi;
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o’tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob’ektida qo’llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o’tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko’rsatmasiga binoan ta’minlashi;
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish ob’ektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko’rsatmalarini bajarishi;
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishni to’xtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko’rishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko’rishi;
maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya to’g’risida o’z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlarining hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish choralarini ko’rishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.

Download 6,07 Mb.
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari

Download 6,07 Mb.