• 2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari
  • 3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
  • 4-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari
  • O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni




    Download 123.86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana08.10.2023
    Hajmi123.86 Kb.
    #87199
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    xavfli moddalar
    applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
    2006-YIL 26- SENTYABRDAGI
    XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OB’YEKTLARINING
    SANOAT XAVFSIZLIGI TO’G’RISIDA
    QONUNI
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat
    xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi
    munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari
    Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
    hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
    Respublikasining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
    boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
    Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab
    chiqarish ob’yektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning
    oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
    Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab
    chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib
    bo’lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
    Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish
    ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi,
    texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun
    hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning
    buzilishidir.
    4-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari
    Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari jumlasiga:


    1) quyidagi xavfli moddalar:
    portlash-yong’in xavfi bo’lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan
    moddalar;
    tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga
    ko’ra I, II va III xavflilik darajalariga (o’ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o’rtacha
    darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
    muayyan turdagi tashqi ta’sir chog’ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan
    holda o’z-o’zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o’zgaruvchan portlovchi moddalar;
    inson sog’lig’i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud
    bo’lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta
    ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilinadigan;
    2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning
    normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan
    uskunalardan foydalaniladigan;
    3) ko’chmas asosga o’rnatilgan yuk ko’tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma
    yo’llar, funikulyorlardan (tog’ temir yo’llaridan) foydalaniladigan;
    4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar
    olinadigan;
    5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari,
    shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari,
    uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’yektlari kiradi.

    Download 123.86 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 123.86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni

    Download 123.86 Kb.
    Pdf ko'rish