Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.10.2023
Hajmi350.12 Kb.
#89154
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida
applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), xavfli moddalar, O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)


1
Vazirlar Mahkamasining
2017- yil 19- sentyabrdagi
744-son qaroriga
ILOVA
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu
jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini
olib borish tartibi to’g’risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
.
1. Ushbu Nizom aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu
jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini
(keyingi o’rinlarda davlat nazorati deb ataladi) olib borish tartibini belgilaydi.
2. Davlat nazorati O’zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy
hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi,
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar davlat nazoratini olib borishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
gumanizm, inson hayoti va salomatligining ustuvorligi;
qonuniylik, ob’yektivlik;
mustaqillik, oshkoralik;
axborotning ishonchliligi va o’z vaqtida berilishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish choralarini oldindan ko’rish;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish.
4. Davlat nazorati aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli


2
favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik
hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish,
aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar davlat nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan xavf va
tahdidlarning omillarini barvaqt aniqlashni, ularning profilaktikasi va yuzaga
kelishining oldini olishni ta’minlash;
aholiga fuqarolarning hayoti, sog’lig’i yoki mulkiga xavf-xatar tug’ilganda
kompleks yordam ko’rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o’zaro yaqin
hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to’g’risida aholini
o’z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga
keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini, moddiy va
madaniy boyliklarini muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlash;
gidrotexnika inshootlari, kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan
xavfsiz foydalanish, shuningdek, suv ob’yektlarida odamlar xavfsizligini ta’minlash
yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar salomatligi va hayotini saqlash,
moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlar bo’yicha
loyihalar va qarorlarning davlat ekspertizasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
fuqaro muhofazasi talablariga rioya etilishi qismida ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini hamda hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida o’z vazifalarini
bajarishlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro
muhofazasi, kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish
sohasida hamda suv ob’yektlarida odamlarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish.


3
6. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat nazoratining sub’yektlari (keyingi
o’rinlarda davlat nazorati sub’yektlari deb ataladi) hisoblanadi.
7. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish bo’yicha nazorat ishlarini olib boruvchi sub’yektlar
faoliyati davlat nazorati ob’yekti hisoblanadi.
8. Davlat nazorati favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi sabab va omillarni
aniqlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash
maqsadida oldindan ko’riladigan choralarni tahlil qilish va baholash yo’li bilan amalga
oshiriladi.
9. Quyidagilar davlat nazoratining shakllari hisoblanadi:
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun
hujjatlari talablariga amal qilinishini tekshirish;
ishlab chiqarish ob’yektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlar
bo’yicha ishlab chiqilgan qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelishi yuzasidan davlat ekspertizasi (keyingi
o’rinlarda loyihalar ekspertizasi deb ataladi) o’tkazilishida ishtirok etish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kemalar, shu jumladan kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

Download 350.12 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar

Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish