-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibotlari




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi350.12 Kb.
#89154
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida
applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), xavfli moddalar, O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)
3-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibotlari
20. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazorati ushbu Nizom ilovasidagi
sxema bo’yicha tashkil etiladi.
21. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi, shuningdek kemalar, shu
jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablariga
amal qilinishini tekshirish quyidagi turlarga bo’linadi:
kompleks tekshiruv;
qisqa muddatli tekshiruv;
nazorat tartibidagi tekshiruv.
Kompleks tekshiruv — O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro
muhofazasi boshlig’i tomonidan joriy yil uchun tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o’rinlarda FVDT deb
ataladi) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish bo’yicha asosiy tadbirlari rejasi (keyingi o’rinlarda asosiy tadbirlar


7
rejasi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to’g’risidagi murojaatlari asosida rejadan tashqari tekshirish tarzida
amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar, tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari, quyidagi
holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlaridan kelib chiqadigan tekshirishlar zarurati paydo bo’lganda;
FVV va uning tarkibiy tuzilmalariga davlat nazoratidagi sub’yektlar tomonidan
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar
talablari buzilishi faktlari haqida qo’shimcha rasmiy ma’lumotlar kelib tushganda;
favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishini bartaraf etish uchun;
sanitariya-epidemiologik vaziyat keskinlashganda, shuningdek chegaradosh
davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi xavfi paydo bo’lganda.
Nazorat tartibidagi tekshiruv — davlat nazorati sub’yektlari tomonidan o’tgan
tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida bir ish
kuni mobaynida amalga oshiriladi.
22. Quyidagilar davlat nazorati sub’yektlarini tekshirish uchun asos hisoblanadi:
a) kompleks tekshiruvlar uchun:
asosiy tadbirlar rejasi;
asosiy tadbirlar rejasi asosida tekshirishning maqsadi, tekshiruvchilar tarkibi va
muddati ko’rsatilgan holda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoki hududiy boshqarmalar
(bo’limlar) boshliqlari tomonidan chiqarilgan buyruq;
b) qisqa muddatli tekshiruvlar uchun:
maxsus vakolatga ega bo’lgan organ yoki uning tegishli hududiy tuzilmalarining
navbatdan tashqari tekshiruv o’tkazish to’g’risidagi tekshiriladigan ob’yekt nomi,
muddati, maqsadi va tekshirish sabablari ko’rsatilgan qarori;
Favqulodda vaziyatlar vaziri va hududiy boshqarmalar (bo’limlar)
boshliqlarining mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish muddati ko’rsatilgan buyrug’i.


8
23. FVVning nazorat funksiyalari tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida
o’tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo’yicha vakolatli organni xabardor
qilgan holda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda tabiiy,
texnogen, terroristik-qo’poruvchilik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish masalalari, shuningdek me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo’yilgan ro’yxatga
kiruvchi ob’yektlarda fuqaro muhofazasi talablariga amal qilinishi masalalari yuzasidan
olib boriladi.
24. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish muddatlari o’n kalendar’ kundan
oshmasligi lozim. Alohida holatlarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu
muddat yigirma kundan ortiq bo’lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu
qoida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
25. FVV va uning hududiy boshqarmalari (bo’limlari) kompleks tekshiruv
o’tkazilishi to’g’risida davlat nazorati sub’yektini tekshiruv muddati va predmetini
ko’rsatgan holda tekshirish boshlanishidan kamida o’ttiz kun oldin yozma ravishda
ogohlantirishi shart.
26. Tekshirishlar, qoidaga ko’ra, kunduzgi paytlarda amalga oshiriladi.
Istisno holatlarda (favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda, O’zbekiston
Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqaro
muhofazasi boshliqlarining topshiriqlariga ko’ra) tekshiruvlar tungi paytlarda ham olib
borilishi mumkin.
27. Tekshiruvni o’tkazish vaqti tekshirilayotgan ob’yektning ish vaqtidan kelib
chiqqan holda aniqlanadi.
28. Tekshiruv boshlanishidan uch kun oldin FVV markaziy apparatida —
vazirning birinchi o’rinbosari — shtab boshlig’i, joylarda esa — shaxsan hududiy
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i tomonidan yo’riqnoma o’tkaziladi, unda
tekshiruv muddati, uning borishi to’g’risida ma’lumot berish tartibi, tekshiruv
dalolatnomalarida aks ettirilishi shart bo’lgan masalalarga aniqliklar kiritiladi.
29. Tekshiruv o’tkazish uchun tekshiruvchilarga vazir, vazirning o’rinbosarlari,
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlarining yozma taqdimnomasi
beriladi, ushbu taqdimnoma tekshiruv o’tkazish uchun rasmiy hujjat hisoblanadi.


9
Taqdimnomada ko’rsatilmagan shaxslar tekshiruvlarda ishtirok etish huquqiga
ega bo’lmaydi.
Taqdimnomasiz tekshiruv o’tkazish taqiqlanadi.
30. Tekshirilayotgan sub’yektga tekshirish uchun asos bo’ladigan hujjatlar tilxat
olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o’tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirilayotgan davlat nazorat sub’yektining mazkur hujjatlarni olishdan bosh
tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo’lmaydi. Tekshirilayotgan sub’yekt
mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, FVVning mansabdor shaxsi
tomonidan uning o’zi va tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’yekt imzolaydigan
dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan davlat nazorati sub’yekti mazkur dalolatnomani
imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda
dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o’tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
31. Tekshirish ishlari davlat nazorat sub’yekti vakilining ishtirokida olib boriladi.
Zarur holatlarda tekshiruvga shartnoma asosida ekspertlar va tarjimonlar,
shuningdek tekshiruv natijalaridan manfaatdor bo’lmagan boshqa xolislar jalb etilishi
mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari birlashmalarining a’zosi bo’lgan tadbirkorlik
sub’yektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari so’roviga
ko’ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) davlat nazorati sub’yekti
ma’muriyatini xabardor qilmasdan, shuningdek kuzatuvchisiz aylanib chiqish (ko’zdan
kechirish) taqiqlanadi.
Tekshiruvchi ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan
(ko’zdan kechirishdan) oldin texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha yo’riqnoma bilan
tanishib chiqishi shart.
32. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar, zarurat bo’lganda,
davlat nazorati sub’yektlari tomonidan maxsus kiyim hamda shaxsiy himoya vositalari
bilan ta’minlanishi lozim.
33. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan


10
kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablarining
bajarilishini tekshirish izchilligi FVV tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan
yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
34. Tekshirish natijalari to’g’risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma)
tekshirilayotgan sub’yektga topshirilgan kun tekshirishni o’tkazish tugagan kun
hisoblanadi.
Tekshirilayotgan davlat nazorati sub’yekti tekshirish natijalari to’g’risidagi
dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan bosh tortganda, FVVning mansabdor shaxsi
bu haqda tekshirish natijalari to’g’risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli
yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda
tekshirish natijalari to’g’risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi
davlat nazorati sub’yektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.

Download 350.12 Kb.
1   2   3   4   5




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibotlari

Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish