• 7-bob. Yakunlovchi qoida
  • -bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish




    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/5
    Sana20.10.2023
    Hajmi350.12 Kb.
    #89154
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida
    applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), xavfli moddalar, O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)
    6-bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
    42. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda:
    tekshirish natijalari bo’yicha davlat nazorati sub’yektlari tomonidan aholi va
    hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish,
    fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan


    12
    xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish
    natijalari bo’yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma;
    davlat ekspertizasi natijalari bo’yicha xulosalar tuzish yo’li bilan amalga
    oshiriladi.
    Davlat nazorati natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham
    rasmiylashtirilishi mumkin.
    43. Aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
    vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular
    to’xtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek,
    kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarni tekshirish natijalari belgilangan shakl bo’yicha
    dalolatnoma yoki ma’lumotnoma tarzda rasmiylashtiriladi.
    44. Ma’lumotnoma aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli
    kemalardan va ular to’xtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari,
    shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilmagan taqdirda tuziladi.
    Ma’lumotnomada tekshirish o’tkazilganligi qayd etilib, o’tkazilgan tekshirish bo’yicha
    savollar ro’yxati hamda biror-bir kamchilik aniqlanmaganligi ko’rsatiladi.
    45. Ma’lumotnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan
    boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati sub’yekti rahbariga
    imzolash yo’li bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).
    46. Dalolatnoma aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli
    kemalardan va ular to’xtab turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari,
    shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilgan taqdirda tuziladi.
    Dalolatnoma tuzishda FVVning mansabdor shaxsi tomonidan reja-topshiriqda ko’zda
    tutilgan har bir savol bo’yicha mavjud holatdagi kamchiliklar, qonunchilik
    hujjatlarining nomi va me’yorlari bayon qilinadi.
    47. Dalolatnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan
    boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati sub’yekti rahbariga
    imzolash yo’li bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).


    13
    48. Tekshiruv natijalari bo’yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) o’tkazilgan
    tekshiruvning asosiy hujjati hisoblanadi.
    49. Davlat nazoratidagi sub’yektlar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy va
    texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi,
    shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari
    talablari buzilgan holatlar aniqlanganda davlat nazorati natijalari bo’yicha tuzilgan
    dalolatnoma asosida ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida protokol tuziladi.
    50. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi protokol huquqbuzarlik sodir etilgan
    yoki aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutkadan kechikmay tekshiruv hujjatlari bilan birga
    ma’muriy sudga yuboriladi.
    Agar huquqbuzarlik natijasida moddiy zarar yetkazilgan bo’lsa, u holda bu
    haqda ham protokolda qayd etiladi.
    Protokol uni tuzgan shaxs hamda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs
    tomonidan, agar guvohlar hamda jabrlanuvchilar bo’lsa — ular tomonidan ham
    imzolanadi.
    51. Ma’muriy sudga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    tekshirishni o’tkazish uchun taqdimnoma;
    ob’yektni tekshirish bo’yicha reja-topshiriq;
    davlat nazoratidagi sub’yektni tekshirish dalolatnomasi;
    komissiyada qatnashgan mutaxassislarning xulosasi;
    huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning tushuntirish xati;
    ma’muriy huquqbuzarlik haqida protokol;
    imzolashdan bosh tortganlik haqidagi dalolatnoma (agar mavjud bo’lsa);
    huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi
    boshqa hujjatning) nusxasi;
    tekshiruvchi mansabdor shaxsning (komissiya raisining), tekshirishni o’tkazish
    uchun taqdimnoma bergan FVV mansabdor shaxsi nomiga aniqlangan huquqbuzarliklar,
    shuningdek ma’muriy ish materiallarini sudga yuborish haqida raporti;
    yuqorida ko’rsatilgan barcha hujjatlar bilan birgalikdagi kuzatuv xati.
    52. Materiallar sudga yuborilishidan va sud tomonidan ko’rib chiqilishidan qat’i


    14
    nazar, tekshirishni o’tkazgan FVV mansabdor shaxslari tekshirilgan davlat nazoratidagi
    sub’yektning tegishli rahbarlari va mas’ul shaxslari tomonidan aniqlangan kamchiliklar
    bartaraf etilishini nazorat qilib borishni ta’minlashi shart.
    53. Kichik hajmli kemalarni ro’yxatdan o’tkazish qoidalari buzilganda
    ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo
    qo’llashga FVVning FVDT nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’i va katta ofitseri, Kichik
    hajmli kemalar inspeksiyasi boshlig’i va bosh mutaxassisi, shuningdek hududiy
    favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining bosh inspektorlari haqlidirlar.
    54. Davlat nazorati natijalari qonunchilik asosida boshqa shakllarda ham amalga
    oshirilishi mumkin.
    55. Kompleks tekshiruv natijalariga ko’ra davlat nazoratidagi sub’yektning
    favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik holati quyidagicha baholanadi:
    «Tayyor» — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to’g’risidagi
    qonun hujjatlarining talablari to’liq bajarilishi ta’minlanmoqda;
    «Cheklangan tayyor» — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen
    xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi
    to’g’risidagi qonun hujjatlari talablarining to’liq bajarilishi ta’minlanmayapti, mavjud
    kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish mumkin;
    «Tayyor emas» — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to’g’risidagi
    qonun hujjatlari talablarining bajarilishi qisman ta’minlanayapti, ayrim talablar
    bajarilmagan.
    7-bob. Yakunlovchi qoida
    56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun
    hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


    15

    Download 350.12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish

    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish