-bob. Davlat nazoratini olib boruvchi davlat organi va uning vakolatlari




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.10.2023
Hajmi350.12 Kb.
#89154
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida
applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), xavfli moddalar, O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)
2-bob. Davlat nazoratini olib boruvchi davlat organi va uning vakolatlari
10. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o’rinlarda
FVV deb ataladi) davlat nazoratini olib boruvchi maxsus vakolatli davlat organi
hisoblanadi.
11. FVV o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat nazorati
sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
12. FVVning quyidagi mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirish
huquqiga ega:
Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o’rinbosarlari;


4
FVV Markaziy apparatining boshqarma, xizmat, inspeksiya va bo’limlari
boshliqlari, ularning o’rinbosarlari, ofitserlari va mutaxassislari;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo’limlari) boshliqlari, ularning
o’rinbosarlari, ofitserlari, bosh inspektorlari va mutaxassislari;
«Davsuvxo’jaliknazorat» davlat inspeksiyasi boshlig’i, uning o’rinbosari,
mutaxassislari va hududiy inspektorlari.
13. Tekshirishlar shaklida davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor
shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tgan bo’lishi va tekshirishlarni
o’tkazishga qo’yilishi to’g’risidagi maxsus guvohnomaga ega bo’lishi kerak.
14. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi
vakolatlarga ega:
davlat nazorati sub’yektlariga belgilangan tartibda kirish;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun
hujjatlari talablari bajarilishini tekshirish;
shaharsozlik loyihalarining hujjatlarini, quriladigan ob’yektlar loyihalarini
ekspertiza qilishda ularning fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini
olish bo’yicha talablarga amal qilinishi yuzasidan ishtirok etish, shuningdek loyihalar
ekspertizasi natijalari bo’yicha xulosalar tuzish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalarni ro’yxatdan
o’tkazish qoidalarini, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan)
foydalanish qoidalariga, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarga rioya
etilishini nazorat qilish;
davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
yuridik va jismoniy shaxslardan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
axborot, ma’lumot va tushuntirishlarni so’rash va olish;
aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlarining talablari buzilganligini
bartaraf etish haqida yozma ko’rsatmalar berish.


5
15. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagilarga
majbur:
tekshirilayotgan davlat nazorati sub’yektlariga tekshirish o’tkazish huquqini
beruvchi zarur hujjatlarni ko’rsatish;
davlat nazorati sub’yektining faoliyatiga to’sqinlik yaratmaslik;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni ro’yxatga olish daftarida
yozuvlarni amalga oshirish;
tekshirish jarayonida ma’lum bo’lgan davlat sirlarining, tijoratga oid va boshqa
sir tutiladigan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlash;
davlat nazorati sub’yektlari tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro
muhofazasi sohasida qonun talablarining bajarilishini tekshirish natijalari yuzasidan
dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlari, shuningdek kichik
hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari
buzilganligi aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida protokollar tuzish va
aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun ishni sudga
yuborish;
alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilib mast holatda bo’lgan
kema boshqaruvchilarini, shuningdek kichik hajmli kemani alkogolli ichimliklar,
narkotik moddalar iste’mol qilib mast holatda bo’lgan, kemani boshqarish huquqini
beruvchi guvohnomaga ega bo’lmagan, kemalarni boshqarish qoidalarini qo’pol
buzayotgan shaxslarni kemani boshqarishdan chetlashtirish. Ma’muriy huquqbuzarlik
to’g’risida protokol tuzish va zarur holatlarda kemani, uning dvigatelini olib qo’yish va
kemalar egalari hisobidan kemalar turadigan bazalarga topshirish;
kichik hajmli kemalarni ro’yxatdan o’tkazish qoidalari buzilganligi
aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib
chiqish hamda ma’muriy jazo qo’llash;
preyskurantga muvofiq aholi va tashkilotlardan ko’rsatilgan xizmatlar uchun


6
tegishli xizmat haqi olish.
16. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga davlat nazorati
sub’yektlariga tashkiliy-xo’jalik ishlariga oid topshiriqlar berish va moliya-xo’jalik
ishlariga aralashish taqiqlanadi.
17. Davlat nazoratini amalga oshirishga aralashish, uni amalga oshiruvchi
mansabdor shaxsning ishiga har qanday shaklda ta’sir o’tkazish va faoliyatiga to’sqinlik
qilish taqiqlanadi.
18. Davlat nazorati organi mansabdor shaxsining o’z xizmat vazifalarini
bajarishiga to’sqinlik qilgan yoki uning qonuniy talablarini bajarmagan shaxslar
belgilangan tartibda javob beradi.
19. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar o’z faoliyatining qonuniyligi,
ob’yektivligi, qonunchilik doirasida to’g’ri tashkil etilganligi va amalga oshirilganligi
uchun javob berishadi.

Download 350.12 Kb.
1   2   3   4   5




Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Davlat nazoratini olib boruvchi davlat organi va uning vakolatlari

Download 350.12 Kb.
Pdf ko'rish