• 5-bob. Kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish
  • -bob. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlarning




    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana20.10.2023
    Hajmi350.12 Kb.
    #89154
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida
    applsci-13-01027, Semi-Global Matching in Object Space(1), Elementarnaya-magnitnaya-nulevaya-tochka-osnovy (1) (1), xavfli moddalar, O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik, TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO’G’RISIDA, 1, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida, 29-ma`ruza, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-амалий sirtqi, Mavzu hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davla, Кутубхонашунослик фанидан мустақил ишлар сиртқи, Mantiqiy elementlar nima-www.fayllar.org (1)
    4-bob. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlarning
    loyihalari va qarorlarini davlat ekspertizasidan o’tkazishda ishtirok etish
    35. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlarning
    loyihalari va qarorlarining davlat ekspertizasi (keyingi o’rinlarda davlat ekspertizasi deb
    ataladi) quyidagilarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi:
    ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar bo’yicha loyihalar va qarorlarning aholi
    va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
    qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
    shaharsozlik hujjatlarida hamda quriladigan ob’yektlar loyihalarida favqulodda
    vaziyatlarning oldini olish bo’yicha tadbirlarning asoslanganligi va to’liqligi.
    36. Quyidagilar davlat ekspertizasining ob’yektlari hisoblanadi:
    davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot
    tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda ularni joylashtirish sxemalari
    loyihalari;
    loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
    shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
    xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining xavfsizlik deklaratsiyalari;
    maxsus huquqiy rejimli ob’yektlar.


    11
    37. FVV davlat ekspertizasining o’z vaqtida, kompleks, ob’yektiv va sifatli
    o’tkazilishini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa berilishini
    ta’minlaydi.
    38. Davlat ekspertizasi xulosasini bajarish davlat nazorati sub’yektlari uchun
    ularni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
    5-bob. Kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish
    sohasida nazoratni amalga oshirish
    39. Quyidagilar kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalardan xavfsiz
    foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish maqsadlari hisoblanadi:
    kichik hajmli kemalarni ro’yxatdan o’tkazish qoidalari, shuningdek bunday
    kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari
    buzilishini aniqlash va bartaraf etish;
    kemalarning belgilangan vazifalarga muvofiq ichki suv yo’llarida xavfsiz
    suzishi, yo’lovchilar va kema ekipajlarining hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish, ichki
    suv yo’llarida tashiladigan yuklarning butligini ta’minlash, shuningdek, suv
    ob’yektlarining kemalar tomonidan ifloslantirilishining oldini olish;
    suv havzalarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash.
    40. Kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro’yxatdan o’tkazish
    qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish reyd tartibidagi nazoratda amalga
    oshiriladi. Reyd tartibidagi nazoratni amalga oshirish muddatlari va izchilligi FVV
    tomonidan belgilanadi.
    41. Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan)
    foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalar buzilishini
    aniqlash va rasmiylashtirish kompleks va qisqa muddatli teshiruvlar uchun belgilangan
    tartibda amalga oshiriladi.

    Download 350.12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlarning

    Download 350.12 Kb.
    Pdf ko'rish