-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish




Download 6,07 Mb.
bet303/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   309
Bog'liq
hfh

16-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo’yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o’tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish ob’ekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug’urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o’z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o’z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo’l qo’yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo’l qo’ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko’rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko’rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish

Download 6,07 Mb.