|
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
|
bet | 306/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhNIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini (keyingi o’rinlarda «qutqaruv xizmatlari» deb ataladi) amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
qutqaruv xizmatlarini jalb qilish — qutqaruv ishlarini amalga oshirishda boshqaruv organlarining, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan kuch va vositalarning qatnashishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro’y berganda o’tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning kengayishiga yo’l qo’ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan ishlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib bo’lmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam ko’rsatish, odamlarning hayoti va sog’lig’ini saqlash uchun eng kam zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish, ularning ish qobiliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha faoliyat;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbari — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga bevosita rahbarlik qiladigan hamda o’z vakolatlariga muvofiq ularning o’zaro hamkorligini muvofiqlashtiradigan mansabdor shaxs;favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof muhitni himoya qilish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.
|
| |