|
II. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi
|
bet | 307/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhII. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi
3. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
xizmat ko’rsatilayotgan ob’ektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
favqulodda vaziyatlar ro’y bergan va ularning ko’lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo’lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
4. Yirik ko’lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro’y berganda shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko’rsatish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik—sapyorlik bo’linmalari, kimyoviy himoya bo’linmalari va boshqa harbiy bo’linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
5. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega bo’lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ob’ektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganligi darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda ko’rilishi bilan birga olib borilishi kerak.
6. Qutqaruv xizmatlarini O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
III. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlari ishiga rahbarlik qilish va ularning o’zaro hamkorligini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ob’ektlarning rahbarlari tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlarini jalb etish to’g’risidagi qaror ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo’yicha yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
10. Odamlarning hayoti va sog’lig’iga bevosita tahdid bo’lganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi ob’ektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to’g’risida;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish to’g’risida;
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo’lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to’g’risida;
qutqaruvchi bo’lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo’lmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar ko’lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko’rish to’g’risida.
11. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari qutqaruv ishlarini bajarishga:
lokal favqulodda vaziyatlarda — favqulodda vaziyatlar ro’y bergan joydagi tashkilotlar yoki ob’ektlarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining shaharlar va tumanlar hududiy kichik tizimlarining yig’ma qutqaruv tuzilmalarini;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro’y bergan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro’y bergan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini jalb etish huquqiga ega.
12. Agar favqulodda vaziyat ko’lamlarini mavjud kuch va vositalar bilan lokalizatsiya qilish va bartaraf etish imkoni bo’lmasa, favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbari yordam so’rab davlat yoki xo’jalik boshqaruvining yuqori organiga yoki ro’y bergan favqulodda vaziyat tasnifini hisobga olgan holda zarur yordam ko’rsatishi yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qilishni o’z zimmasiga olishi mumkin bo’lgan mahalliy davlat hokimiyati organiga murojaat qiladi.
Davlat va xo’jalik boshqaruvi tegishli organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari yetarli bo’lmaganda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuchlari va vositalari jalb etiladi.
13. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatlarini baholash, ularni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, bevosita ofat yuz bergan tumanlarda aholi, hududlar va atrof tabiiy muhitni himoya qilish uchun tegishli rahbarlarning qarorlari bilan operativ shtablar tashkil etilishi mumkin. Operativ shtablarning boshliqlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rahbarlarining o’rinbosarlari hisoblanadi, ularning tarkibiga esa manfaatdor davlat yoki xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritiladi.
|
| |