|
-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
|
bet | 305/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh20-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug’urta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlarining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
22-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. KARIMOV
QUTQARUV XIZMATLARI VA QUTQARUV TUZILMALARINI FAVQULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF ETISHGA JALB QILISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 1-2-son, 7-modda)
«Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari B.A.Xo’jaev zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2010 yil 5 yanvarь,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to’g’risida
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
|