• V. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish
  • VI. Jalb qilingan kuch va vositalarni moddiy va moliyaviy ta’minlash
  • IV. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funktsiyalari




    Download 6,07 Mb.
    bet308/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309
    Bog'liq
    hfh

    IV. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funktsiyalari
    14. Quyidagilar favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funktsiyalari hisoblanadi:
    favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilinadigan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining qutqaruv xizmatlari o’zaro hamkorligini tashkil etish;
    qutqaruv ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishni tashkil etish;
    qutqaruv xizmatlarini qutqaruv ishlarini amalga oshirishga jalb qilish;
    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari qutqaruv xizmatlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
    15. SHtab boshlig’ining qabul qilinadigan barcha qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari ro’yxatdan o’tkaziladi hamda belgilangan tartibda ijrochilarga yetkaziladi.
    V. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish
    16. Favqulodda vaziyatlarning turi va ko’lamlariga qarab qutqaruv xizmatlarining o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish:
    respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tuzilmasida qutqaruv xizmatlari mavjud bo’lgan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda;
    mahalliy va ob’ekt darajasida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va favqulodda vaziyatlar bo’yicha hududiy boshqarmalar tomonidan idoraviy mansub hududlardagi tashkilotlar va ob’ektlarning qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
    17. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan va unda qatnashadigan qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari tegishli rahbarining tezkor bo’ysunishiga jalb qilinadi.
    VI. Jalb qilingan kuch va vositalarni moddiy va moliyaviy ta’minlash
    18. Ta’minlash turlari bo’yicha hamkorlik qilish jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining ehtiyojlarini imkoni boricha to’liq qondirish va jabrlangan aholini zarur moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilinadi.
    19. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini hamda amalga oshirilayotgan qutqaruv ishlarini moddiy va moliyaviy ta’minlashni tashkil etadilar.
    Ko’rsatib o’tilgan tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari ishlarning o’z vaqtida, to’liq va sifatli bajarilishi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
    20. Qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatlar ro’y bergan joyga qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ta’minlash mo’ljali bilan butlangan malakali mutaxassislar va jihozlangan maxsus texnika, asbob-uskunalar, anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan keladilar.
    21. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini moddiy va moliyaviy ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonasidagi ob’ektlar va tashkilotlarning mablag’lari, ushbu ob’ekt va tashkilotlar mansub bo’lgan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari mablag’lari, shuningdek mahalliy byudjet mablag’lari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
    22. Mablag’lar yetarli bo’lmaganda yoki ko’rsatib o’tilgan mablag’lar mavjud bo’lmaganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasidan mablag’ ajratiladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funktsiyalari

    Download 6,07 Mb.