• 7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
  • -modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish




    Download 6,07 Mb.
    bet299/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
    Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
    sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
    sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
    xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
    faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
    sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o’z ichiga oladi.
    7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
    Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo’lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
    8-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
    Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo’lishi zarur.
    Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo’l qo’yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini o’zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazilishi kerak.
    Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish ob’ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
    Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda o’tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish ob’ektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish

    Download 6,07 Mb.