Mehnat faoliyati jarayonida ergonomikaning roli




Download 37.45 Kb.
Sana05.03.2024
Hajmi37.45 Kb.
#167414
Bog'liq
7-MEHNAT FAOLIYATI JARAYONIDA ERGONOMIKANING ROLI
Психолог объективка, blinchik, 2-mavzu, Interferometrlar 01, Amaliy fanlar, H. B. Mirzoqulov Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi, «Opt, 1, 10 15 31, Bozor iqtisodiyoti va biznes, Deyl Karnegi-Do st orttirish(Kutubxona), ASLIDDIN, 6-sinf Geografiya 2017-yil, 1199-df5aa, Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm-fayllar.org

MEHNAT FAOLIYATI JARAYONIDA ERGONOMIKANING ROLI

Reja:

1. Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari. Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
2.Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, asosiy prinsip va usullari.
3. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi.

Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari. Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash Ish joyiga qo‘yiladigan talablar: Ish joyini to‘g'ri tashkil qilish ergonomik talablami hisobga. olgan polda asosiy va yordamchi mehnat vositalarini samarali rejalashtirish va loylashtirishdir. Ish joyini tashkil qilishda quyidagi asosiy shartlarga ripya qilish zarur: - operatorga mehnat faoliyati jarayonida barcha harakatlar va siljishlami bajarishi uchun yetarli ishchi maydon hajmini yaratish; - operator bilan texnika orasida hamda operatorlar orasida (guruh bo‘lib ishlaganida) yetarli darajada fizik, eshitish va ko‘rish aloqalarini yaratish; - boshqarish vositalarini operatoming harakat (motor) chegaraslH joylashtitish (eniga, bo‘yiga, chuqurligiga); - mehnat jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqadigan asosiy yordamchi operatsiyalarni operatorning ishchi holatida bajarish imkonivl bo‘lishi; - ishchi muhit omillarining qulay, ruxsat ctilgan chegarasida boMiahj (atrofmuhit sharoiti, shovqin, titroq, yoritilganlik va boshqalar); - operatorni atrof-muhitning xavfli va zararli omillari ta’siridan himoyalovchi zarur vositalar yaratish; - operatorning muddatidan oldin charchog'ini oldini olish yoki kamaytirish; - vizual ma’lumotlarining qulay ko‘rinishini ta’minlash; - ishchi holatini almashtirib turish.


Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘rganishda ijtimoiy, texnik, gumanitar fanlar qatorida ergonomika fanining ham ahamiyati katta. Ergonomika atamasi (grekcha ergon – ish, nomos-qonun) degan ma’noni anglatadi.
Ergonomika - bu mehnat qurolining va mehnat sharoitining inson talablariga moslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi inson mehnat qilish jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratish, mehnat unumdorligini oshirishga bo’lgan imkoniyatlarni o‘rganishdan iborat. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsiflari mos tushishi o‘rganiladi va xavfsizlik bilan bog‘liq vazifalar yechiladi.
Yashash (faoliyat) muhiti – inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Biosfera – yer yuzining litosfera (yerning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami)dan iborat inson yashayotgan qismidir.
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin.
Qulay (comfort) muhit – insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit – insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit.
Xulosa
Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, yetarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga yetarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va rihiy zo’riqish holatida bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 foizi zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu yerda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi - psixologik ilmning bir sohasidir. Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o'qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining pskologik afealliklarini o'rganadi.
Shuning uchun mehnat psixologiyasining o'rganish obyekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afealliklari, qisman - uning kasbiy qobiliyatlari va mehnat faoliyati amalga oshiriladigan, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o'qitishning usullari hisoblanadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi - mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo'lishiga, uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktiv
bolishigayordam berishdir.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligir ta'minlash bo'yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik konstruktorlik nuqsonlar yotmaydi, balki tashkiliy- psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo'yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassislarni yetarli darajada qo'ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo'yish, odamlarning ishga charchagan va psixologi holatlarida kelishi.
Halqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko'rsatadiki, bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gachasi asosan jabrlanuvchilarning o’z ayblari bilan sodir bo'ladi. Bu borada Suqrotning quyidagi gapini eslaymiz: Men tirik bo'lmagan tabiat bilan shug'ullanishni tugataman deb qaror qildim va tushunishga harakat qilaman, nimaga shunday bo'ladi, odam biladi, nima yaxshi, biroq yomon ishni qiladi.
Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta'minlash uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o'rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologik holatlarning har xil shakllarini, aynan to'liq tahlil qiladi.
Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruh komponentlarni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilimli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hokazo).
Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati - bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament yo'nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, axloq, mehnat ajralib turadi. Yana barqarorlik va doimiylik xususiyatlari.
Psixologik holatlar turli-tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohati halokatning oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish psixologik holatlari va maxsus psixologik holatlarni ajratish maqsadga muvofiq.
Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.
2. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, asosiy prinsip va usullari. Ergonomika haqida tushuncha. Ishlab chiqarish jarayonlarning va jihozlarning murakkablanishi zamonaviy korxonalarpda inson funktsiyasini o‘zgartirdi; hal qiluvchi masalalarning mas’uliyati oshdi; ishchilarning qabul qiladigan axborot hajmi oshdi va tez harakatlanuvchi jihozlar, insonning ishi murakkablashdi, asab tizimiga tushadigan yuklama oshib, jismoniy yuklamalar kamaydi. Bir qator holatlarda inson “inson-mashina” tizimida ishonchsiz bo‘g‘imga aylandi. Ishlab chiqarish insonning ishini xavfsizlantirish va ishonchliligini oshirishni ta’minlash masalasi tug‘ildi. Bu masalani ergonomika va muhandislik texnologiyasi hal qiladi. Ergonomika (grekchadan ergon – ish, nomos – qonun) – ilmiy fan bo‘lib, insonni, mashina bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati sharoitida o‘rganilishi.
Ergonomikaning maqsadi – “inson-mashina” tizimida mehnat sharoitini optimallash. ergonomika texnikaga va uni ishlash sharoitiga bo‘lgan, inson talabini aniqlaydi. Texnika ergonomikasi bu texnika xususiyatlarini umumlashtirilgan ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ergonomika “inson-mehnat quroli-ishlab chiqarish muhiti” tizimini o‘rganadigan yagona jarayon va uni optimallashni tavsiyalashni ishlab chiqish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. ergonomika quyidagi fanlarning tavsiyalarini qo‘llaydi: biologiya, psixologiya, fiziologiya, mehnat gigienasi, kimyo, fizika, matematika, kibernetika va boshqalar
Ergonomikaning roli yildan-yilga oshib bormoqda, ayniqsa texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish davrida. Ishlab chiqarish sifatini baholash uchun quyidagi ergonomik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: - gigienik – yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin, radiatsiya, vibratsiya va boshqalar. - antropometrik – inson antropometrik xususiyatlarning mahsuliga muvofiq. Bu ko‘rsatkichlar guruhi ratsional va qulay inson gavdasining holatini, gavdani to‘g‘ri tutishini, insonni tez charchashning oldini olishini ta’minlashi kerak. - fiziologik – insonning sezish organlarining ishlash xususiyati mahsuliga muvofiqligi bilan aniqlanadi. Ular insonning ishlash tezligi va hajmiga hamda sezgi organlari orqali keladigan ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish va hid bilish axborot hajmiga ta’sir qiladi. - psixologik – insonning psixologik xususiyatlari mahsuliga muvofiq qiladi. Axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash imkonini beradigan, insonda bo‘lgan va qayta shakllanadigan malaka mahsuliga muvofiq tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Ergonomikaning tarkibiy qismi Muhandislik psixologiyasi – bu “inson-muhit” tizimini ishlatish va yaratilishi, loyihalash uchun inson va texnika informatsion ta’siri qonuniyligini o‘rganuvchi ilmiy fan. Muhandislik psixologiyasi inson tomonidan axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonlarini o‘rganadi. Psixologik, psixofiziologik jarayonlar va inson xususiyatlari asosida, bu texnik vositalar va “inson-muhit” tizimining tuzilishiga bo‘lgan talablarni, shuningdek inson-operator xususiyatiga bo‘lgan talablarni aniqlaydi. Operator va “inson-muhit” tizimi faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari sifatida muhandislik psixologiyasi samaradorligini, ishonchlilik va tez harakatlanuvchanlikni qo‘llaydi. Ergonomikaning ilmiy asosini – anatomiya, fiziologiya va psixologiya tashkil qiladi. Anatomiya antropometriya va biomexanikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Operator va “inson-muhit” tizimi faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari sifatida muhandislik psixologiyasi samaradorligini, ishonchlilik va tez harakatlanuvchanlikni qo‘llaydi.
Ergonomikaning ilmiy asosini – anatomiya, fiziologiya va psixologiya tashkil qiladi. Anatomiya antropometriya va biomexanikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Antropometriya – inson o‘lchamlari, ish joyi o‘lchamlarini aniqlashda va boshqarish organlarini to‘g‘ri joylanishi uchun ma’lumotlarni olishga imkon beradi. O‘lchamlarning o‘zgarish chegaralarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etib, bunda zaruriy tanlash hajmi inobatga olinadi va u pertsentillarda ifodalanadi. Biomexanika – inson tanasining kuchini o‘rganadi. U qanday kuchni qanday samarali sarflashni tavsiya beradi: kuchlanish mushaklar yordamida emas, balki tana vazni bilan berilishi kerak.
Ergonomikadagi fiziologiya – inson organizmi tomonidan energiyaning ishlab chiqarish jarayonining qonununiyatlarini belgilaydi. Organizmda ishlab chiqariladigan energiya kislorod iste’moli bilan baholanadi. Psixologiya ergonomikaga inson-operator modeli axborotiga asoslangan inson faoliyati nazariyasini, ishni loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rganish nazariyasini va tashkil etish nazariyasini kiritadi.
Ergonomikaning vazifasi: - “inson-mashina” tizimini loyihalash, ya’ni inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash; - Ish maydonini shunday loyihalash kerakki, o‘rab turgan fizikaviy muhit inson xarakteriga mos kelishi kerak; - Atrof-muhitni operator talablariga ko‘ra loyihalash; - Ish vaziyatlarini loyihalash (ish vaqtining davomiyligi, dam olish vaqtlari va boshqalar). Muhandislik psixologiyasi yukorida ta’kidlanganidek, ergonomikaning tarkibiy qismi bo‘lib, “inson-muhit” tizimini tashkil qilish masalalarini quyidagi yo‘llar orqali hal qiladi: - inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash; - “inson-muhit” tizimida inson bajaradigan vazifalarni tahlil qilish; - axborot tizimini loyihalash va sezuvchi kanallarni tanlash; - boshqarish vositalarini loyihalash; - ish joylarini loyihalash; - mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish qulayligini ta’minlash; - kadrlarni tanlash va va ularni kasbiy tayyorlash.
Ergonomik talablar loyihalashning barcha bosqichlarida qayd qilinishi kerak va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - ish faoliyatining maqsadlari va vazifalarni belgilovchi, uning psixofiziologik tavsifini aniqlovchi kasbiy dasturni ishlab chiqish, - qo‘yilgan vazifalarni aniqlash va tahlil qilish, texnika tuzilishi va harakatlanish tamoyillari, uning mehnat faoliyati mafsadiga qo‘yiladigan tavsifnomasi, - inson va mashina tomonidan bajariladigan vazifasining sifatini baholash va tizimning umumiy samaradorligi asosida inson va texnika orasidagi vazifalarni taqsimlash, - inson bajaradigan jarayonlarning ketma-ketligini o‘rnatish va taqdim etayotgan axborotning shakli va hajmini aniqlash, - inson faoliyatiga vaqt va aniq talablarning ishonchli aniq baholash. Ko‘rib chiqilgan ishlar asosida quyidagilar aniqlanadi: mutaxassislar tarkii, ularning vazifalari va ishlarini tashkil etish; axborotni aks ettirish vositalari tarkibi, boshqarish organlarining ish joyi va boshqarish pul’ti; axborotni aks ettiruvchi vositalarning va boshqarish organlari hamda ish joyining korxonada joylanish komponovkasi. Ergonomik biomexanika insoniyat va uni o‘rab turgan atrof-muhit predmetlarini, aynan uni qulaylashtirish maqsadidagi o‘zaro munosabatini 35 o‘rganadi. Ergonomik biomexanika zamonaviy ishlab chiqarish sharoitidagi insoniyat omillarini o‘rganuvchi ilmiy soha hisoblanadi.
Ergonomik biomexanika — inson omilini zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga qanday bog*liqligini o‘rganadi, inson-texnika-muhit tizimida qulay ish sharoitlari uchun tizimdagi mavjud muammolami, yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqishda, tegishli ish sharoitlarini yaratishda inson omilini o‘rganadi, ma’lum sharoitlarda texnika va mashinalami boshqarayotgan odam (odamlar guruhi)ni kompleks o‘rganadi. Inson omili keng ma’noda jamiyat ishlab chiqarishi samaradorligiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatuachi kompleks ko‘rsatkichlar bo‘lib, motivatsiya, qadriyatlar tizimi, inson turmushining moddiy va ma’naviy sharoitlari bilan bog'liq bo‘ladi. Insoniyat qadimdan' atrof-muhit bilan, mehnat quroli bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, o‘z faoliyatining samaradorligi o‘zaro munosabatlar sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini ko‘rdilar. Inson-texnika-muhit tizimi insonni axborot, materiallar, qurilmalar va energiya bilan integrallaydi. Inson omilini hisobga olish faqat inson- operator faoliyati samaradorligini oshirib qolmay, butun tizimning shaklini o‘zgartirib qurilmalar, muhit bilan o‘zaro ta’sirini yangilashga qaratiladi. Ergonomik biomexanika fanni insonning texnikani boshqarishdagi faoliyatini va xulqini o‘rganadi
Antropometrik ko‘rsatkich texnik obyekt ko‘rsatkichlarini u bilan ishlovchi odam-operator gavda tuzulishi va o‘lchamlariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Antropometrik ko‘rsatkichlarining differensial ko‘rinishlari insonoperatoming ish joyidagi holati oqilona o‘mashganini, boshqarish vositalarining ishchi hududining yo‘l, oyoq, ko‘rish maydonidagi bilan joylashuvi tavsiflanadi, Inson omilining integral gigiyenik ko‘rsatkichlari inson-operatoming hayot faoliyati va ishchanligining ergativ tizim bilan aloqasini ko‘rsatadi. Bu ish o‘mida normal mikroiqlim hosil qilish, texnika, tashqi ta’sirlami kamaytirish - xavfsizlikni ta’minlashdir. Ish harakatlari. Ko‘p mehnat jarayonlarida qo‘l bilan qilinadigan harakatlar manual harakatlar deyiladi. Bu harakatlaming samaradorligi ishlatilayotgan asbobning sifati va undan moxirona foydalanishga bog‘liq. Shunga ko‘ra, asbob shunday yaratilishi lozimki, bunda u bilan ishlash xavfsiz va qulay bo‘lish bilan birga yuqori ish unumiga erishish kerak Buning uchun asbob konstruksiyasi odamning harakatdagi apparatining biomexanik xususiyatlariga mos kelishi kerak.
Biomexanik va ergonomik hisoblarda faqat erkak va ayol panjalarining asosiy o‘lchamlaridan foydalaniladi. Ayol va bolalar qo‘l panjalarining o‘lchamlari erkaklamikiga nisbatan kichik, bu hoi asboblarni yaratishda e’tiborga olinadi. O‘tirib ishlashnlng ergonontik biomexanikasL Eng yaxshi ish joyi o‘tirib yoki turib ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan joydir. Biroq bujuda ham kam uchraydigan holat. Bunday holatda tanlash mumkin bo‘lganda ushbu qoida doimo ko‘ndalang turadi: o‘tirib qilinishi mumkin bo‘lgan harakatni turib bajarma. 36 O‘tirib bajariladigan ishlarning ijobiy tomonlari quyidagilardir; energiyaning kam sarflanishi (ular yotgan holatdan ko‘ra 5-15 % ko‘proq; hattoki, qulay vaziyatda turib ishlash jarayonidan ko‘ra 15....30 % ortiqroq); qo‘lning pastki qismida qonning sust harakatlanishi (bu ayniqsa ishlayotgan ayollar uchun juda ham muhimdir); nozik va aniq ishlarni bajarisb uchun eng yaxshi qulaylik; oyoqqo‘lning pastki qismini boshqarish imkoniyatidan foydalanish demakdir. Ammo o‘tirib ishlash ham kamchiliklardan xoli emas. Hammaga ayonki, kasalliklar aynan o‘tirib ishlaydigan ishchilarda nomoyon bo‘Iadi. Shuning uchun ham o‘tirib ishlaydigan ish joylari har tomonlama to‘g'ri tashkillashtirilishi lozim. Ish joyi, boshqaruv idoraning aniq joyini va uning joy lash itv ko‘rinishini ta’riflaydi
Tana holati. Tana boshqaruv organlarining joylashuvida umum ergonomitik talablarni, davlat standartlarini, bundan tashqari, har xil ish oTinlari nuqtalarida ishlovchilarning kuch imkoniyatlari va maqbul harakat yo‘nalishini hisobga olish zarur. "O‘tirish” liolatining biomexanikasi. Ishchining orqa yelka tomonini ushlab turuvchi kuch ta’siri bo‘lmasa, bu kuch tananing yuqori tos suyagiga tushib, quymich nervida shishni olib keladi). Oqibatda inson tos suyagida oldinga sirg'alib ko‘chadigan va gavdani orqa tomonga tortgan holda ag'darib, tos suyagi mushaklarini sustlashishi natijasida keskin buruvchi aylanma vujudga keladi.
Har xil materiallarda va tajriba ishlari so‘rovnomalarida o‘rindiq balandligida foydalanishning har xil variantlari berilgan. Jumladan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) o‘rindiq balandligi 460 mmga tcng bo‘lishini maslahat beradi. Boshqa mualliflar esa bu o‘lchov 350...500 mm bo‘lishi kerakligini 37 ta’kidlaydilar. Organ o‘rindiqlarida esa bu o‘lchov 420... 470 mm da o‘matilishi lozim, maktabda ishlaydiganlar uchun esa 440...450 mm bo‘lishi lozim. O‘zo‘zidan ma’lumki, tanasi har xil o‘lchovda bo‘lgan insonlar uchun o‘rindiqlar ham aynan ularga moslashtirilishi kerak. Maktab o‘quvchilari uchun esa stullar ularni uchtasidan birini uzunligiga mos tushushi va bu o‘lchov 400...600 mmni tashkil etishi lozim. Eng to‘g‘ri variant shundan iboratki, o‘rindiq balandligi oyoq kaftidagi boldir uzunligidan oshmasligi kerak (tizza ostidagi chuqurcha balandligi)
2. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi Xavfsizlik tipidagi shaxsning shaxsiy-psixologik tavsifnomasi. Uzoq asrlari davomida eksvizit vaziyatlarda inson tartibi va faoliyatining o‘zgarishi belgilab kelinmoqda. Qadimiy Spartda askarlarni harbiy xizmatga olish uchun qo‘rqinchli vaziyatlarda kim qizarsa xizmatga olingan, kim oqarsa xizmatga olinmagan. Bunda askar boshiga qon quyilib, u qo‘rqmas bo‘ladi. Rus-yapon urushi vaqtida G.E. SHumov “askarlarning jangi kutish vaqtida ularning ruhiy holatlarni” tasvir etgan. Bu ularga xos bo‘lmagan behalovatlikda oddiy holatlar uchun sezgirlikning oshishi. Harakatlar koordinatsiyasi o‘zgarardi, qo‘l barmoqlari bo‘ysunmasdi, gugurtlar sinar edi, tamaki sochilib tushardi, xusnixati o‘zgarardi. YUrak urushi tezlashardi, nafas olishi tezlashardi va notekis bo‘lardi, og‘iz va tomoq qurib qolardi. YUqori ta’sir o‘tkazuvchanlik (vnushaemost’) sezilar edi.
Ta’sirlanuvchanlikning tormozlovchi turi “mimik niqobda” keskin ifodalanadigan mushaklarning kuchlanishi bilan, harakatlar va holatlar erkin emasligi bilan, diqqat to‘plash, passivligi, psixik jarayonlar oqimining sekinlashi, o‘ziga xos “emotsional enertligi” bilan tavsiflanadi. Bu turdagi insonlar uchun dong qotib qolish, kar bo‘lmoq, loqaydlik, fikrlashning sekinlanishi xosdir. Bunday holat qotib qolish hosoblanadi. Ta’sirchan turdagi ta’sirlanuvchanlik behalovatlik, ko‘p gapirish, harakatlanuvchi a’zolarining zo‘riqishi, qabul qiladigan qarorlarining tez-tez o‘zgartirishi, bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tish, muloqotda o‘zini tuta bilmaslikda ifodalanadi. Bunday odamlar xavfli bo‘lib, u vahimaga tushib, xavf markazi hududiga tushishi mumkin. Psixologlar psixologik jarayonlarga chidamliligining pasayishining umumiy umumif tendentsiyalarini qayd qilinmoqdalar, bu esa o‘z navbatida faoliyatning fizik parchalanishiga, insonning ishini davom ettirishda o‘zini chetlashtirishga olib keladi. Insonning yuqori darajadagi rivojlangan ijodiy xususiyatlari, har xil va kutilmagan holatlarda ruhiy zo‘riqish (stress)ni egish tizimini shakllantirishga imkon beradi.
Insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari turlari. Insonning ruhiy zo‘riqish holatidagi xulqiga uning o‘z-o‘ziga munosabatlari turlari ta’sir qiladi. Ruhiy zo‘riqish holatida insonning o‘z-o‘ziga munosabatlarining 3 turlari mavjud: 38 - Ekstremal holatda o‘ziga qurbondek munosabatda bo‘lish, bunday munosabat stessni oshiradi, bunday munosabat “oddiy-egoistik” deyiladi; - O‘ziga qurbondek va qimmatlidek munosabatda bo‘lish, bunday munosabat ob’ektiv-individual va u shaxsni o‘z-o‘zini himoya qilishga yordam beradi. - O‘ziga qator odamlardek munosabatda bo‘lish, bu munosabat ruhiy zo‘riqish vaqtida samarali faoliyatni saqlashga yordam beradi. Vaziyatga munosabat, uning xavflilik bo‘yicha differentsiallashuvi. Travmatik ruhiy zo‘riqish ta’siri vaziyatda tajribali harakat. Insonning travmatik vaziyatdagi hulk-atvori, insonning uni qanday qabul qabul qilishiga va u jamoaga xavfliligi qandayligiga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli vaziyatga munosabat berilgan vaziyatga jamoa tomonidan xavflilik ahamiyatidan va o‘zida emotsional va aqliy og‘irlikni olgan individ uchun shaxsiy ma’nosidan iborat.
SHaxsiy resurslar – har xil vaziyatlarda va har xil vaqtda individning stabillik va yaxlitlikni tuta bilishiga imkon beradigan xususiyatlar: - Kuchli ta’sirni boshidan kechirmoq va integrirlash xususiyati; - Hayot kuchlarini his qilish, ya’ni kayfiyatni saqlash, sevilishga loyiq ekanligini his qilishni saqlash xususiyati; - Boshqa odamlar bilan bog‘lanish hissini, Ego resurslarini tutib bilish xususiyati; - O‘zini anglash ko‘nikmalari: salohiyat, introspektsiyaga qobiliyati, iroda kuchi va tashabbuskorlik; maqsad sari shaxsiy o‘sishga yo‘lamoq, shaxsiy talablarni anglash, uzoqni ko‘ra bilish xususiyati; - SHaxslar orasidagi munosabat va o‘z-o‘ziga yordam berish malakasi: oqibatlarni ko‘rib bilish xususiyati, shaxslararo munosatalar chegarasini o‘rnatish.
Psixologik ehtiyojlar va kognitiv sxemalar: - Xavfsizlik: o‘zining va yaiqnlarining himoyalilik tuyg‘usi; - Hurmat, o‘zining va boshqalarning qadriga etish; - Ishonch (bog‘liqlik): o‘ziga ishonchlilik xususiyati va o‘z ehtiyojlarni amalga oshirish; boshqa odamlarning huquqini tan olish, o‘zining fikriga ega bo‘lish; - Nazorat: shaxslararo munosabatda o‘z hissiyotlari va hulq-atvorini boshqarib bilish, shuningdek boshqa odamlarga ta’sir qilish; - Yaqinlik: o‘z-o‘zi bilan aloqada bo‘lish va boshqalar bilan aloqani sezish. Favqulotda vaziyatlar qatnashchilarga psixologik yordam Jabrlanuvchilar bilan ishlash usuli, psixotravmatik omillarning shu vaqtda uzoq yoki yaqinligiga bog‘liq. SHunga qaramasdan tarvmatik vaziyatlarni boshidan kechirgan shaxslarning korrrektsiyasi va terapiyasining umumiy tamoyillari mavjud.
Me’yorlash tamoyilari – me’yordagi individ nome’yoriy vaziyatlar bilan to‘qnashganda ekstraordinar holatlarni boshidan kechiradi. Bu jabrlanuvchiga o‘zining belgilarini anglashga, ularning dinamikasini tushinishga va davolash jarayoniga yanada faol qatnashishga yordam beradi. Raqobatlilik va shaxsiy fazilatlarni o‘stirish tamoyili. Jabrlanuvchi vaziyatni boshdan kechirayotgan odamlar jizzaki, o‘z-o‘zini ayblash, kuchsizlikni 39 his qilish yoki agressivligi oshadi. Bunday uslub atrofdagilarni uzoqlashishiga olib keladi. SHaxsiylik tamoyili. Har bir kishi ruhiy zo‘riqishdan keyin o‘ziga kelish yo‘lini o‘taydi. Buni ham davolash jarayonida inobatga olish kerak. Jarohat olish paytidan qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, shuncha yuqori darajadagi malakaviy psixologik yordam kerak bo‘ladi, ruhiy zo‘riqishdan keyingi holat sababli boshqa psixologik muammolari bilan chambarchas bog‘liq.
Travmatik ruhiy zo‘riqishni boshidan o‘tkazgan odamlarning o‘zini xarob qilish sabablari: 1) jarohatni boshidan kechirgan inson, uning ta’siriga javob berish uchun uni takrorlanishiga intiladi. Misol: inson yong‘in vaqtida o‘z yaqinini qutqara olmaganligi uchun tushida cheksiz marta tushida shu yong‘inni ko‘radi va ularni qutqaradi yoki yong‘in o‘chiruvchi bo‘lib ishga kiradi va odamlarni qutqara boshlaydi. Ammo o‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. 2) Har qanday travmatik ruhiy zo‘riqishni boshidan kechirganda gunohkorlik hissi. Gunohkorlik hissi buzg‘unkor va o‘zini halok qilishga yo‘naltirilgan.

Adabiyotlar



1.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
2.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
3.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
4.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
5.G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-
2003
Download 37.45 Kb.




Download 37.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat faoliyati jarayonida ergonomikaning roli

Download 37.45 Kb.