• Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinf o‘quvchilari uchun darslik
  • UO‘K: 91(075.3) KBK 26.8(ya72) S73 M a s ’ u l m u h a r r i r : P. G‘ulomov
  • M. M. Avezov
  • Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. 3 SO‘ZBOSHI
  • Geog 1 (38-янги). p65




    Download 1.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/104
    Sana09.03.2024
    Hajmi1.63 Mb.
    #169041
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    6-sinf Geografiya 2017-yil
    Психолог объективка, blinchik, 2-mavzu, Interferometrlar 01, Amaliy fanlar, H. B. Mirzoqulov Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi, «Opt, 1, 10 15 31, Bozor iqtisodiyoti va biznes, Deyl Karnegi-Do st orttirish(Kutubxona), ASLIDDIN, 7-MEHNAT FAOLIYATI JARAYONIDA ERGONOMIKANING ROLI, 1199-df5aa, Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm-fayllar.org


    GEOGRAFIYA
    (MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY
    GEOGRAFIYASI)
    A. SOATOV, A. ABDULQOSIMOV, M. MIRAKMALOV
    „O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
    TOSHKENT — 2017
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinf o‘quvchilari uchun darslik
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan
    Qayta ishlangan va to‘ldirilgan oltinchi nashri


    2
    UO‘K: 91(075.3)
    KBK 26.8(ya72)
    S73
    M a s ’ u l m u h a r r i r :  P. G‘ulomov — geografiya fanlari nomzodi,
    dotsent.
    T a q r i z c h i l a r :
    O‘. Q. Abdunazarov — geografiya fanlari
    nomzodi, dotsent;
    Sh. M. Sharipov — geografiya fanlari nomzodi;
    V. N. Fedorko — Toshkent shahridagi 233- mak-
    tabning geografiya fani o‘qituvchisi;
    M. M. Avezov — Toshkent shahridagi 278- mak-
    tabning geografiya fani o‘qituvchisi.
    Xaritalar geografiya fanlari nomzodi,
    dotsent A. Egamberdiyev tahriri ostida berildi.
    © A. Soatov va b.
    © „O‘qituvchi“ NMIU, 2005
    © „O‘qituvchi“ NMIU, qayta ishlangan
    va to‘ldirilgan nashri, 2017
    ISBN 978-9943-22-055-3
    Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
    hisobidan chop etildi.


    3
    SO‘ZBOSHI
    Aziz o‘quvchilar! Siz tabiiy geografiyaga oid dastlabki bilim-
    larni 4- sinfda „Òabiatshunoslik“, 5- sinfda „Tabiiy geografiya“
    darsliklaridan bilib oldingiz. Darsliklardagi muayyan tayanch
    tushuncha va iboralar bilan tanishsiz, ularning mazmunini bi-
    lasiz. Endi Siz „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“
    kursida quyi sinflarda egallagan tabiiy geografiyaga oid umumiy
    bilimlaringizni yanada mustahkamlaysiz, shu bilimlarga tayan-
    gan holda yangi atama, tayanch tushuncha va nomlar mazmu-
    nini o‘zlashtirasiz, puxta bilimlarga ega bo‘lasiz.
    „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida Sizlarga
    geografik xaritalar, geografik qobiq va uning rivojlanish qo-
    nuniyatlari, tuzilishi, xususiyatlari, tarkibiy qismlari (litosfera,
    gidrosfera, atmosfera), har bir materik va okean tabiatiga oid
    bilimlar beriladi. Siz geografik qobiq tabiiy geografiyaning
    o‘rganish obyekti bo‘lganligi uchun shu mavzuga oid bilimlarni
    chuqur egallab olishingiz lozim. Shundagina materiklar va
    okeanlar tabiatini, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mu-
    nosabatlarni oson bilib olasiz. Negaki, geografik qobiq eng yirik
    tabiiy kompleks bo‘lsa, materiklar va okeanlar uning tarki-
    bidagi undan kichikroq tabiiy komplekslardir.
    Yerimiz — odam yashaydigan yagona sayyora. Uning tashqi
    ko‘rinishi rang-barang. Agar koinotdan turib ona Yerimizga
    qaralsa, dastlab materiklar va okeanlar ko‘zga tashlanadi. Ular-
    ning tabiati bir-biriga o‘xshamaydi.
    Materiklar va okeanlar to‘g‘risidagi bilimlar uzoq yillar
    davomida to‘plangan. Bu bilim manbalarini turli davrlarda
    yashagan olimlar (Aneksimandr, Pifagor, Aristotel, Eratosfen,
    Ptolemey, A. Gumboldt, N. Vavilov), buyuk sayyohlar, qo‘rq-
    mas dengizchilar (finikiyaliklar, arablar, normanlar, portugal-
    lar, ispanlar va b.) yig‘ishgan va bu sohada kashfiyotlar qilish-
    gan. Ayniqsa, dunyo fani va madaniyatiga, xususan, geografiya
    sohasiga ulkan hissa qo‘shgan o‘lkamiz olimlaridan al-Xorazmiy
    (783 — 850- y.), Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Abu Nasr Foro-


    4
    biy (873 — 950- y.), Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048- y.), Abu
    Ali ibn Sino (980 — 1037- y.), Mahmud Koshg‘ariy (XI asr),
    Mirzo Ulug‘bek (1394 — 1449- y.) va boshqalarning xizmatlari
    tahsinga sazovordir. „O‘zbek Magellani“ nomi bilan mashhur
    bo‘lgan Hamidulla Hasanov (1919 — 1985- y.) O‘rta asrlarda
    yashab ijod etgan ko‘plab o‘rtaosiyolik allomalarning ilmiy-
    geografik merosini atroflicha tavsiflab bergan.
    Siz materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bi-
    limlarni egallash uchun darslik matnlarining mazmuni va mo-
    hiyatini tushunib yetishingiz va bilimingizni yanada boyitadigan
    xarita, atlas, rasm va chizmalarni to‘g‘ri tahlil qilishingiz lo-
    zim. Mavzular mazmuniga mos bo‘lgan atlas va yozuvsiz xari-
    talar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishingiz ham zarur.
    Bundan tashqari, darslikda har bir mavzuga oid nazorat
    uchun savollar va amaliy topshiriqlar berilganki, ularni baja-
    rish davomida Siz mazkur dars (mavzu)ni qay darajada o‘z-
    lashtirganingizni bilib olasiz.
    Geografik bilimlarning muhim manbayi xaritadir. „Geogra-
    fiyaning tili xaritadir“, degan ibora bejiz aytilmagan. Siz 6- sinf
    atlasidan, turli mavzuli devoriy xaritalardan o‘rganilayotgan
    hududning qayerda joylashganligini, uning tabiati qanday ekan-
    ligini, bu joylardan xo‘jalikning qaysi tarmog‘i uchun foydala-
    nilishini bilib olishingiz mumkin.
    Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida umumta’lim mak-
    tablarini kompyuterlar bilan ta’minlash va ulardan o‘quv jara-
    yonida unumli foydalanish masalasiga e’tibor kuchaydi. Shu
    munosabat bilan kompyuter texnologiyasi yordamida Internetga
    ulanish, geoaxborot tizimidan eng so‘nggi geografik ma’lu-
    motlarni olish imkoniyati mavjud.
    Bir vaqtning o‘zida sayyoramizdagi quruqlik va suvlarni,
    Yerning relyefi, iqlimi va tuproqlarini, tirik tabiatini, aholi-
    sining hayoti va xo‘jalik faoliyatini yaxlit — butunligicha o‘rga-
    nadigan alohida fan yo‘q.
    Lekin qo‘lingizdagi darslik Sizni ona Yerimizning rang-
    barang va turfa olami bilan tanishtirishga xizmat qiladi.


    5

    Download 1.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 1.63 Mb.
    Pdf ko'rish