|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 297/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhV. YaKUNLOVCHI QOIDALAR
26-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
27-modda. Nizolarni hal etish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUN
2006 yil 28 sentyabrь Toshkent sh.
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OB’EKTLARINING
SANOAT XAVFSIZLIGI TO’G’RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006
yil 29 iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda
Ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari
Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo’lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning buzilishidir.
|
| |