Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash




Download 3,38 Mb.
Sana24.05.2024
Hajmi3,38 Mb.
#252121
Bog'liq
Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini jamila


Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 1-B tarix talabasi Urazaliyeva Jamilaning
“Mediasavodxonlik va axborot ma’daniyati ” fanidan mustaqil ta’lim uchun tayyorlagan
Axborot turlari va ishonchliligi
Reja:
    • Axborot
    • Internet jurnalisti
    • Milliy ommaviy axborot vositalarini

Axborot (Informatsiya) termini "information" lotincha so'zdan olingan bo'lib, ma'lumot berish, tushuntirish ma'nosini anglatadi . Qadimdan bu tushuncha orqali odamlar o'rtasida og'zaki, yozma va boshqa usullar vositasida ma'lumot almashinish tushunilgan. "Informasiya" tushunchasiga keng, har tomonlama izohni kibernetika beradi.
Axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta'lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me'yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me'yorlarga amal qilmaslikning bo'lg'usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. jahonda sodir bo'layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o'zgartirib yubordi.
Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi sharoitida media va axborot savodxonligiga ega bo'lgan jurnalistlarning ijodiy faoliyati sifat bosqichiga ko'tariladi. Shuningdek, universallashuv jarayoni jurnalistlarni quyidagilarni bajara olishlariga sharoit yaratdi:
• dolzarb, ijtimoiy axborotni yaratish;
• mavjud ijtimoiy jarayonlarni tankidiy jihatdan tahli l eta olish;
• medianing ijtimoiy jarayonlarga ta'sir etish ko'lami va darajasini, unda axborotni namoyish etish shakllarini tushunish;
• ularning o'zlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishda undan foydalanish va ijodiy jihatdan tushunish;
• har taraflama puxta va mustaqil qarorlar qabul qilish;
• atrof-muhit haqida yangi axborot olish;
Boshqa tomondan, axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta'lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me'yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me'yorlarga amal qilmaslikning bo'lg'usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi.
Milliy ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijodkorlar mehnatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilib kelinmoqda. "Bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o'zi hayotimizga keskin sur'atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo'lgan demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish yo'lida g'oyat muhim, dolzarb vazifa va talablarni qo'ymoqda
Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o'z so'zi uchun ma'sulyati hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma'naviy jasorat ham talab etiladi", — degan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'z ma'ruzalarida. Davlat rahbarining biz jurnalistlarga yuksak ishonchi, har tomonlama qo'llab quvvatlanishi, sharafli kasb egalari oldiga yuksak va sharafli vazifalarni yuklaydi.
Internet jurnalistining mahorati yangiliklarni baholay olishida bilinadi. Bu jurnalistdan talab qilinadigan asosiy narsalardan biri hisoblanadi. Yangiliklarni tanlash va ularni baholash internet jurnalisti kundalik faoliyatidagi eng qiyin yumushlardan biri hisoblanadi. Bu jurnalistning tajribasini ham ko'rsatib beradi. Masalan, "kun.uz" sayti jurnalistlari yangiliklarni baholashda mazkur saytning axborot siyosatiga, voqeaning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga e'tibor berishadi. Saytda berilgan "Nazorat qiluvchi idoralar mustaqil bo'lishi kerak
Internet jurnalistining mahorati avvalo jurnalistika konvergensiyasi jarayonida o'quvchi uchun qiziq bo'lgan faktlarni zudlik bilan har tomonlama, ya'ni matn, video va audio jamlanmasi ko'rinishida yetkazishdir. Bugungi kunga kelib saytlarda ("kun.uz", "daryo.uz", "gazeta.uz", "human.uz") muhbir bilan birgalikda fotograf va operator faoliyatini kuzatishimiz mumkin, bu albatta ularda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar matn va surat bilan chegaralanib qolmay, axborotni video va audio shaklida ham aholiga yetkazib berishayotganliklarini ko'rishimiz mumkin.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 3,38 Mb.




Download 3,38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash

Download 3,38 Mb.