Media makonda axborotni taqdim etish




Download 25.21 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2024
Hajmi25.21 Kb.
#192802
  1   2   3
Bog'liq
Media makonda axborotni taqdim etish-azkurs.org
NAvbatchilik, (7-ozbetinshe K.U.A)Q.Zafar, Zamonaviy dasturlash tillarining turlari va turlari, dunya top, Informatika, Mavzu Veb saytlarni yaratishda cms texnologiyasini qo‘llash Rej, 20230525 104218, Mustqail ish yuzi, жавоблар, Yada savollari 2023 yil (3), uchburchak 3, 5-sinf, media-savodxonlik-tushunchasi-va-uning-ilmiy-nazariy-tahlili, Oltin zanglamas-WPS Office, matematika

MEDIA MAKONDA AXBOROTNI TAQDIM ETISH
Reja
• Axborot nima?
• Hozirgi davr axborotining o’ziga xosligi
• Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
Axborot nima
Axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta'lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me'yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me'yorlarga amal qilmaslikning bo'lg'usi salbiy oqibatlari haqida
ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. jahonda sodir bo'layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng
birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik kabi tamoyillar birlamchi
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari
tushunchasini ham tubdan o'zgartirib yubordi.
Hozirgi davr axborotining o’ziga xosligi
XXI asr axborotning nazariy va amaliy ijodi eng cho'qqisiga yetgan asr. Shuning uchun ham bugungi kunda XXI asrni axborot asri deb ta'kidlashmoqda. Jahon tajribasidan ma'lumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi jamiyat va davlatning hamma jabhalarini, jumladan, odamlarning dunyoqarashini va ularning mehnat, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etishi shartlarini o'zgartirib, jamiyat rivojlanishini tezlashtiradi. Har xil axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan sistemalar va
ma'lumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va
mamlakat mudofaasini boshqarishning ajralmas qismi bo'lib qoladi. Bugungi kunda yanada rivojlanib, o'zining yangi yo'nalishlariga ega bo'lib borayotgan internet jurnalistikasi keng qamrovliligi va auditoriyasining chegara bilmasligi bilan ajralib turadi.
Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti, uning vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin o'zgarishlar, jurnalistika va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi jurnalistlar oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Bir vaqtning o'zida yangiliklar yoza oladigan, intervyu olish, rasm va videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet uchun materiallar tayyorlay oladigan universal jurnalistlarni yetishtirish hozirgi kunda muhim. Shu bilan birga ushbu an'anaviy jurnalistik malakaga endilikda yana texnik xarakterdagi matematik va muhandislik kabi sohalar bo'yicha ham malaka hamda ko'nikmalarni hosil qilishga to'g'ri kelayapti. Bu, ayniqsa, internetdan foydalanuvchi jurnalistlar uchun juda zarurdir. Shunday qilib, turli sohalarning konvergensiyasi jurnalistlardan ham universallashish, ham ixtisoslashuvni talab etadi. Shu bilan birga universallashuv, to'g'rirog'i, transprofessionallashuv, avvalambor, aynan bir sohani to'liq o'zlashtirib olishni taqozo etadi.
Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti, uning vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin o'zgarishlar, jurnalistika va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi jurnalistlar oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Bir vaqtning o'zida yangiliklar yoza oladigan, intervyu olish, rasm va videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet uchun materiallar tayyorlay oladigan

Download 25.21 Kb.
  1   2   3




Download 25.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Media makonda axborotni taqdim etish

Download 25.21 Kb.